“So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi”. Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi yig‘ilib qolgan muammolar sabab soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdi

U safar davomida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazganini o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Viloyatdagi o‘rganishlar yakuniga ko‘ra, Saida Mirziyoyeva hududda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda hal etilmagan va yig‘ilib qolgan muammolar ham ko‘pligini qayd etdi.
“Yutuqlarimiz o‘z yo‘liga, ammo yig‘ilib qolgan masalalar ham kam emas. Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim — so‘rovim shunga yarasha bo‘ladi”, deya ta’kidladi Prezident administratsiyasi rahbari.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda Ziyolilar kengashi o‘z faoliyatini boshlaganini e’lon qilgan edi. Mazkur kengashning ochiq muloqot shaklida o‘tgan ilk yig‘ilishida u ziyolilardan jamiyatdagi jarayonlarga xolis baho va dadil takliflar kutayotganini bildirgan.







