“Putin qarorgohi atrofida yana to‘rtta havo hujumidan himoya minoralari qurilgan” — OAV

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Valdaydagi qarorgohi yaqinida yana to‘rtta havo hujumidan mudofaa (HHM) minorasi paydo bo‘ldi. Ulardan biri prezident uyidan atigi 400 metr uzoqlikda joylashgan.
Jurnalistlar Valdaydagi Prezident qarorgohi atrofidagi hududning sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qildi va bu yerda havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan to‘rtta yangi minora qurilganini aniqlanadi.

Prezident uyiga eng yaqin minora taxminan 400 metr masofada barpo etilgan. Qarorgoh hududidagi bunday turdagi minoralar soni jami 30 tadan oshgan.
Qurilishlar va harbiylarning hududdagi faoliyati haqida mahalliy aholi ham ma’lumot bergan. Ularning aytishicha, hududda ishlar davom etmoqda, havo hujumidan mudofaa tizimlarining shovqini atrofdagilar uchun odatiy holga aylangan.
“Agar shovqin bo‘lib, HHM tizimlari ishlab tursa, demak osmonda hech qanday xavf yo‘q. Agar ovoz to‘xtab qolsa, demak nimadir ustimizdan uchib o‘tmoqda”, degan mahalliy aholi vakillaridan biri.








