Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktablarda birinchi chorak yakunlanib, ta’til 4-noyabr kunidan e’tiboran start oladi va ketma-ket 6 kalendar kun davom etadi.
Ushbu ta’til jadvali Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, o‘quvchilar 4–9-noyabr kunlari dam olib, ikkinchi chorak dars mashg‘ulotlariga 10-noyabr kunidan e’tiboran qaytishadi.
Tizimdagi amaldagi nizomda o‘quv yilining boshqa ta’til muddatlari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanib 14 kun, bahorgi ta’til esa 21-martdan boshlanib 7 kun davom etishi belgilangan. Yozgi ta’til esa bosqichli nazorat imtihonlari yakunlangan kundan to 1-sentyabrga qadar davom etadi.







