Yangiliklar arxivi

#Dunyo

Rossiya yarim yilda 43,7 ming migrantni quvib chiqardi

2026-yilning birinchi yarmida qonunbuzarliklar sabab Rossiyadan 43,7 ming nafar migrant chiqarib yuborildi. Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 65,5 foizga oshganini ma’lum qildi.

#O‘zbekiston

Birdaniga uchta prezident Ostonaga uchib ketishmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 2026-yilgi “Future Games” musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Ostonaga uchib ketishmoqda.

#O‘zbekiston

1976-yilda qurilgan Nukusdagi markaziy qozonxona yangidan quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi markaziy qozonxonani zamonaviy kogeneratsiya texnologiyalari asosida yangilash loyihasi bilan tanishdi. Qiymati 20 million dollardan ortiq bo‘lgan loyiha doirasida 136 ta ko‘p qavatli uy, qariyb 6 ming xonadon va 40 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiqlik ta'minotiga ulanadi, yiliga esa 12,2 million kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyati yaratiladi.

#O‘zbekiston

Dubay xalqaro aeroportiga o‘zbekistonliklar ishga taklif etilmoqda

Nomzodlar 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishida mutaxassislikka, ovqat va ichimliklar servisi bo‘yicha kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi hamda ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi talab etilgan.

#Jamiyat

Sirdaryodan yana bir jasad topildi. Qidiruv ishlari davom etmoqda

Namangan FVB Sirdaryoda sodir bo‘lgan fojiali hodisalar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Qutqaruvchilar daryodan bir kishining jasadini topishgan, taqiqlangan hududda cho‘kib ketgan yana ikki fuqaroni qidirish ishlari esa davom etmoqda.

#O‘zbekiston

O‘zbekistonda harorat 42 darajagacha ko‘tariladi – O‘zgidromet

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, iyulning so‘nggi haftasi iqlim me’yoridan issiqroq bo‘ladi. Avgust oyining dastlabki kunlarida ham respublika bo‘ylab issiq va quruq ob-havo saqlanib qoladi. Faqat avgust oyining oxirlariga borib havo haroratining asta-sekin pasayishi kutilmoqda.

#O‘zbekiston

Surxondaryodan dunyodagi eng qadimiy 4000 yillik pilla topildi

O‘zbekiston va xalqaro olimlar Surxondaryodagi Sopollitepa yodgorligidan miloddan avvalgi XX–XVIII asrlarga oid pilla parchalarini aniqlashdi. Bu ilm-fanga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy xonaki ipak qurti qoldiqlari bo‘lib, Yevroosiyoda ipakchilik tarixi 2000 yilga qadimiylashganini ko‘rsatadi.