Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Iyun oyida mamlakatda umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizga yetgan bo‘lsa, bazaviy inflyatsiya 5,7 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi. Inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli tezlashishiga energiya manbalari va toshko‘mir narxining qimmatlashgani sabab bo‘lgan.
Shunga qaramay, regulyator 2026-yil yakuni bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini o‘zgartirmadi. Yillik inflyatsiya 6,5 foiz atrofida, yalpi ichki mahsulot o‘sishi esa 7,5–8 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini inflyatsiyani bosqichma-bosqich 5 foizlik maqsadli darajagacha pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlik va aholining xarid qobiliyatini himoya qilishga qaratishda davom etadi.






