Putin O‘zbekiston bilan harbiy shartnomalarni o‘zgartirishni topshirdi

Farmoyishga ko‘ra, gap O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2016-yilda tuzilgan harbiy mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha bitim haqida bormoqda. Amaldagi hujjat qurol-yarog‘ yetkazib berishdan tashqari, texnologiya, konstruktorlik hujjatlari almashinuvi, texnikani ta’mirlash va qo‘shma korxonalar tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Imzolangan hujjatlarda kelishuvlarga aynan qanday tuzatishlar kiritilishi ma’lum qilinmagan. Muzokaralar yakunlangach, tomonlar tegishli bayonnomalarni tayyorlashi lozim.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga oid topsiriq Rossiyaning Qozog‘iston bilan 2013-yilda imzolangan xuddi shunday harbiy bitimini o‘zgartirish haqidagi farmoyishi bilan bir vaqtda e’lon qilingan.







