
Mehnat ta’tilidagi xodimni ishga chaqirib, tahdid qilgan Uzun tumani suv ta’minoti rahbariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Surxondaryo viloyati Uzun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A. Abdusattorovning ta’tildagi xodim bilan qo‘pol va tahdidli ohangdagi audiosuhbati tarqalgach, holat hokimlik tomonidan nazoratga olindi. Rahbarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, uning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.


















