Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Reklama

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

AQSh va Kanadadagi 500 nafar o‘zbek diasporasi Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

28-avg, 14:29

AQSh va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, mamlakatdagi islohotlar va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini e’tirof etdi.

Maktubning to‘liq matni:

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Biz, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada yashayotgan vatandoshlaringiz, Sizga chuqur hurmat va samimiy minnatdorligimizni izhor etib, ushbu Murojaatni yo‘llamoqdamiz.

Yaqinda Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida “Millat shavkati” kitobining taqdimot marosimlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar biz uchun okean ortida yashab, qalban Vatan bilan hamnafas bo‘lgan vatandoshlarni bir maqsad va bir tuyg‘u atrofida jamlagan muhim ma’naviy voqeaga aylandi.

“Millat shavkati” kitobida tasvirlangan Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydonda tobora yuksalib borayotgan nufuzi haqidagi fikrlar vatandoshlarimizda katta qiziqish va mamnuniyat uyg‘otdi.

Taqdimotlar davomida bildirilgan samimiy fikrlar, Vatanimizda kechayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan yuksak qiziqish va vatandoshlarimiz qalbidagi faxr tuyg‘usi bizga yana bir haqiqatni ko‘rsatdi: okeanlar va minglab chaqirim masofalar bizni Vatandan ajrata olmaydi. Qayerda yashamaylik, barchamizni birlashtirib turadigan yagona va aziz Vatan O‘zbekistondir!

Hurmatli Prezident!

Sizning rahbarligingizda bugun mamlakatimiz o‘z so‘zi, qat’iy pozitsiyasi, ochiq siyosati va aniq taraqqiyot maqsadlariga ega davlat sifatida jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab bormoqda. Biz, xorijda yashayotgan vatandoshlar, bu o‘zgarishlarni ayniqsa yaqqol his qilmoqdamiz.

Bir vaqtlar chet ellarda, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun Vatanga borish, o‘z yaqinlari bilan diydorlashish, O‘zbekiston bilan erkin va yaqin munosabat o‘rnatish turli qiyinchiliklar bilan bog‘liq edi.

Bugun esa vaziyat tubdan o‘zgardi. Siz boshlab bergan ochiqlik va xalqparvarlik siyosati tufayli xorijdagi vatandoshlarga bo‘lgan munosabat yangi bosqichga ko‘tarildi. Ular bilan muloqot qilish, ularni eshitish, Vatan bilan aloqalarini mustahkamlash va ularning bilim, tajriba hamda imkoniyatlarini O‘zbekiston taraqqiyotiga jalb etish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani bizga alohida g‘urur va mamnuniyat bag‘ishlamoqda.

Sizning AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan olib borayotgan bevosita va ishonchli muloqotingiz, oliy darajadagi uchrashuv va telefon suhbatlari, shuningdek, AQSh hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekistonga nisbatan Amerikadagi e’tiborning tobora oshishiga xizmat qilmoqda.

Bugun ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlar ochilayotganini ko‘rib turibmiz.

Hurmatli Prezident!

Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta mas’uliyat ham yuklamoqda.

Biz xorijda yashab, O‘zbekistondagi jarayonlarni faqat kuzatib turuvchi insonlar bo‘lib qolmasligimiz kerak. Biz hozir yashab turgan mamlakatlarda O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka yetkazishimiz, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashimiz va O‘zbekiston bilan dunyo mamlakatlari o‘rtasida yangi do‘stlik va hamkorlik ko‘priklarini qurishimiz zarur.

Aynan shu maqsadlarda “Vatan Global Alliance” jamiyati Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada yashayotgan vatandoshlarimizni birlashtirish, ularning intellektual, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini umumiy ezgu maqsadlar atrofida jipslashtirish hamda ularning O‘zbekiston bilan aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

Biz AQSh Kongressi a’zolari, jumladan, kongressmenlar Brayan Fitspatrik, Brendon Boyl, shuningdek, shtat va shaharlar darajasidagi davlat va jamoat arboblari, gubernatorlar va merlar idoralari, ishbilarmon doiralar hamda turli millat va jamoalar vakillari bilan aloqalarni kengaytirishga harakat qilmoqdamiz.

Biz Amerika, Kanada va boshqa davlatlarda O‘zbekiston haqida yanada ko‘proq gapirilishini istaymiz.

Biz O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini, xalqimizning qadriyatlarini, bugungi taraqqiyoti va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarini dunyo jamoatchiligiga yanada kengroq tanitishni istaymiz.

Biz amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiyalar, bilim va tajribalarni Vatanimizga olib borish, ta’limiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish, ayniqsa, xorijda ulg‘ayayotgan yosh avlodni ona Vatan bilan mustahkam bog‘lashni o‘zimizning muhim vazifalarimizdan deb bilamiz.

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

“Millat shavkati” kitobining Amerikadagi taqdimotlari yana bir muhim haqiqatni namoyon qildi: bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va erishilayotgan yutuqlar okean ortida yashayotgan yuz minglab vatandoshlarimiz qalbida ham aks-sado bermoqda.

Vataning obro‘si – bizning obro‘yimiz. O‘zbekistonning yutug‘i – bizning yutug‘imiz. O‘zbekiston bayrog‘ining dunyo maydonida baland ko‘tarilishi – har bir vatandoshimiz uchun faxr va iftixordir. Shu sababli ushbu murojaat orqali Sizga nafaqat minnatdorligimizni bildirmoqchimiz, balki bir muhim fikrni ham yetkazmoqchimiz:

Biz Vatanimiz bilan birgamiz.

Biz qo‘limizdan kelguncha Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z munosib hissamizni qo‘shamiz.

Biz O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishga tayyormiz.

Biz o‘z bilimimiz, tajribamiz, imkoniyatlarimiz, aloqalarimiz va salohiyatimizni O‘zbekistonimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etamiz.

Sizning Yangi O‘zbekistonni yanada kuchli, farovon, ochiq va dunyoda munosib o‘rin egallagan davlatga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, oilaviy xotirjamlik hamda xalqimiz va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Shu fursatdan foydalanib, Sizni va Siz orqali butun O‘zbekiston xalqini Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, milliy g‘ururimiz va kelajagimiz poydevoridir. Bugun Yangi O‘zbekistonning jahon maydonida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e’tibori, xalqimiz hayotidagi ulkan o‘zgarishlar va ertangi kunga bo‘lgan ishonch mustaqilligimizning naqadar buyuk qadriyat ekanini yana bir bor namoyon etmoqda. 35 yillik qutlug‘ sana barcha yurtdoshlarimizga, shu jumladan, dunyoning turli burchaklarida yashayotgan vatandoshlarimizga muborak bo‘lsin! Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy va O‘zbekistonimizning dunyodagi mavqei yanada yuksak bo‘lsin!

Chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadadagi vatandoshlar nomidan,

Ozod Soliyev, “Vatan Global Alliance” jamiyati raisi

Ezro Malakov, O‘zbekiston xalq artisti

Muhabbat Shamaeva, O‘zbekiston xalq artisti

Sadullo Ahmedov, Vatan Filadelfiya Jamiyati raisi

Baxtiyor Qodirov, Vatan Nyu-York Jamiyati raisi

500 kishi Amerika va Kanadada yashab turgan vatandoshlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, imzolandi.

Reklama

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari Vatanga qaytarildi

14-sen, 17:52
#O‘zbekiston

Nijnekamskdagi fojiada og‘ir yaralangan so‘nggi o‘zbekistonlik Qozondan Toshkentga olib kelindi

14-sen, 17:29
#Jamiyat

Tadbirkorlardan noqonuniy 5,5 milliard so‘m yig‘gan “Hududiy elektr tarmoqlari” javobgarlikka tortilmoqda

14-sen, 17:13
#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

14-sen, 17:09
#Dunyo

Litvada juma namozi vaqtida masjid oldida cho‘chqa boshi bilan provokatsiya uyushtirildi

14-sen, 16:59
#Dunyo

Isroil madaniyat vaziri Venetsiyadagi “NAZA” filmi mualliflarini fuqarolikdan mahrum etishga chaqirdi

14-sen, 15:12

Kun tanlovi

#Jamiyat

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari Vatanga qaytarildi

14-sen, 17:52
#Jamiyat

Tadbirkorlardan noqonuniy 5,5 milliard so‘m yig‘gan “Hududiy elektr tarmoqlari” javobgarlikka tortilmoqda

14-sen, 17:13
#Jamiyat

O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining 97,3 foizi internetdan foydalanmoqda

14-sen, 15:12

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Qashqadaryoda ham ekopolitsiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

12-sen, 11:47
#Jamiyat

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi

9-sen, 14:45
#Jamiyat

Toshkentda o‘quvchiga majburan jism yuttirilgani bo‘yicha Bolalar ombudsmani tekshiruv boshladi

7-sen, 18:04
#Jamiyat

“To‘yning ertasi kuniyoq tillalarni kuyovning oilasiga berganman”. Turkiyada tillalarni olib qochganlikda ayblangan o‘zbeksitonlik kelin izoh berdi

9-sen, 12:12
#Jamiyat

Chorvoq fojiasi: suv omborida cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illarning barchasining jasadi topilib, qutqaruv yakunlandi

10-sen, 15:25
#Dunyo

Rasmiy Toshkent Saudiya Arabistoniga qilingan raketa va dron hujumlarini keskin qoraladi

13-sen, 08:35
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli