Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Trampning bosimi va Ukrainaga yordam. Anqarada NATOning taqdiri hal qilinmoqda

8-iyl, 15:19
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an raisligida o‘tayotgan NATO sammitini ekspertlar ittifoq tarixidagi eng ziddiyatli yig‘ilishlardan biri sifatida bah…

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an raisligida o‘tayotgan NATO sammitini ekspertlar ittifoq tarixidagi eng ziddiyatli yig‘ilishlardan biri sifatida baholamoqda. Sammitda 32 ta a’zo davlat rahbarlari, jumladan, Donald Tramp, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va YI rahbariyati ishtirok etmoqda.

“NATO 3.0” va Trampning ittifoqchilarga bosimi

Oq uy Yevropa davlatlaridan o‘z mudofaasi uchun mas’uliyatni to‘liq bo‘yniga olishni talab qilmoqda. AQSH Milliy mudofaa strategiyasiga ko‘ra, bu yondashuv “NATO 3.0” deb nomlanib, unga ko‘ra Vashington faqat cheklangan yordam ko‘rsatadi, Yevropa esa asosiy yukni o‘zi ko‘taradi. Tahlillarga ko‘ra, bu model a’zo mamlakatlarni ikki toifaga ajratishi mumkin: xarajatlarni tezroq oshirgan davlatlar AQSH qurollarini sotib olishda imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Tramp sammit arafasida ittifoqchilarni yana tanqid qilib, AQSH 2025-yilda mudofaaga 999 milliard dollar ajratayotgan bir paytda, Yevropa yetakchi davlatlari (Buyuk Britaniya – $90,5 mlrd, Fransiya – $66,5 mlrd) ancha kam mablag‘ sarflayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi Isroil-AQSH qo‘shma operatsiyasi vaqtida Yevropa davlatlari AQSH bombardimonchi samolyotlariga o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat bermaganini eslatib, “Ular yordamga kelishmadi!” deya o‘pkaladi.

Bosimlar ortidan Germaniyadan 5 000 nafar amerikalik harbiy olib chiqib ketildi, biroq Polshaga yangi prezident Karol Navroski saylangach, u yerga qo‘shimcha 5 000 askar yuborish rejalashtirildi. Polsha mudofaa xarajatlari bo‘yicha (YAIMga nisbatan 4,4%) yetakchilik qilmoqda. Ispaniya va Belgiya kabi davlatlar esa hali ham majburiy 2 foizlik ko‘rsatkichga chiqqani yo‘q.

Ukraina masalasi va muzokaralar kutilmasi

Sammit doirasida Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan, so‘ngra Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Tramp Ukrainadagi urushni tezroq tugatish zarurligini va kelishuv “tasavvur qilinganidan ancha yaqin” ekanini bildirdi.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasi loyihasida Ukrainaga 2026-yilda 70 milliard yevro harbiy yordam berilishi ko‘rsatilgan, biroq ekspertlar bu mablag‘ning katta qismi YeI tomonidan avval tasdiqlangan paketlar ekanini aytmoqda. Deklaratsiya matnida Rossiya endi “eng asosiy xavf” emas, balki “uzoq muddatli tahdid” deb yumshoqroq ta’riflanishi kutilmoqda. Italiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni qiyinlashtirmaslik uchun Ukrainaga uzoq muddatli harbiy majburiyatlar yuklashga e’tiroz bildirmoqda.

Zelenskiy ittifoq doirasida Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasini hamda “Patriot” raketalarini Ukrainada ishlab chiqarish litsenziyasini olishni faol ilgari surmoqda, biroq AQSH hozircha yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27
O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi
#Siyosat

O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi

26-okt, 11:11

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish