Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda 2026-yil kuzi sernam kelishi kutilmoqda

11-sen, 11:28
2026-yil kuzida O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. 2026–2027-yil qishi ham sernam kelishi mumkin. Iqlimshunos …

2026-yil kuzida O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. 2026–2027-yil qishi ham sernam kelishi mumkin. Iqlimshunos Erkin Abdulaxatov bu boradagi sharhida Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) prognozlari va tarixiy kuzatuvlarga e’tibor qaratdi.

Tashkilotning 2026-yil sentabr–noyabr oylariga mo‘ljallangan mavsumiy prognozida Markaziy Osiyoning ayrim qismlarida me’yordan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilishi ehtimoli oshgani ko‘rsatilgan. Xususan, tashkilot prognozida me’yordan ko‘p yog‘ingarchilik ehtimoli Arabiston yarimorolining shimoliy qismlaridan Markaziy Osiyogacha cho‘zilishi qayd etilgan.

2026-yil kuzida O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. 2026–2027-yil qishi ham sernam kelishi mumkin. Iqlimshunos …

Izoh: Har ikki xarita ham 2026-yil sentabr–noyabr oylariga oid. Chapdagi xaritada kuzgi havo harorati, o‘ngdagisida esa shu davrdagi yog‘ingarchilik miqdorining me’yorga nisbatan qanday bo‘lishi prognoz qilingan.

Abdulaxatovning aytishicha, prognoz xaritalarida O‘zbekiston uchun ham ijobiy holat kuzatilmoqda.

“Yog‘ingarchilik kesimida Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘liklari hamda Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida me’yordan ancha ko‘p yog‘ingarchilik ko‘rsatilyapti. Asosiy yog‘inlar oktyabr–noyabr oylarida bo‘lishi prognoz qilinyapti”, — dedi iqlimshunos.

Tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil kuzida El-Nino yanada kuchayishi kutilmoqda. Nino 3.4 hududida suv harorati anomaliyasi sentabr–noyabr uchun o‘rtacha 3,6 darajaga yetishi, jarayon noyabr–dekabrda eng yuqori nuqtaga chiqishi prognoz qilingan. Shuningdek, kuzda Osiyoning katta qismida harorat me’yordan yuqori bo‘lish ehtimoli oshgan.

Qish qanday kelishi mumkin?

Iqlimshunosning ta’kidlashicha, Jahon meteorologiya tashkiloti hozircha 2026–2027-yil qishi bo‘yicha alohida prognoz taqdim etmagan. Shu sabab u qish haqidagi taxminini kuchli El-Nino kuzatilgan tarixiy davrlar bilan qiyoslash asosida bildirgan.

Adulaxatov 1877–1878-yillardagi vaziyatni hozirgi jarayonlarga tarixiy analog sifatida keltirdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 1878-yil yanvarida Toshkentda bir oy davomida qariyb 100 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan.

“Ayni bizda analogimiz 1877–1878-yillar bo‘lyapti. 1878-yil yanvar oyida juda ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilgan, oy davomida 100 mm ga yaqin yog‘in tushgan”, — dedi u.

Iqlimshunos keltirgan 1912-yilda chop etilgan tarixiy hujjatda esa 1878-yil 1-yanvar kuni Toshkentda suv toshqini sodir bo‘lgani qayd etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toshqin oqibatida o‘sha davrdagi teri zavodlaridan birining devori ham qulagan.

2027-yil yozi juda issiq kelishi mumkin

Abdulaxatov 1878-yil yozidagi harorat ko‘rsatkichlariga ham e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, o‘sha yil iyul oyining o‘rtacha harorati 30 darajaga yetgan. Bunday yuqori o‘rtacha iyul harorati Toshkentdagi kuzatuvlar tarixida uzoq vaqt takrorlanmagan va 2018-yilda yana 30 darajadan oshgan.

“Nima uchun buni aytyapmiz? Demak, kelgusi yilimiz — 2027-yilning yozi juda ham issiq bo‘lishini prognoz qilishimiz mumkin”, — dedi Erkin Abdulaxatov.

Shu bilan birga, 2026–2027-yil qishi va 2027-yil yoziga oid ushbu xulosalar tashkilotning rasmiy mavsumiy prognozi emas, iqlimshunosning tarixiy analoglar asosidagi qarashlaridir. Tashkilotning hozirgi hisoboti faqat 2026-yil sentabr–noyabr davrini qamrab oladi. Tashkilot mavsumiy xaritalardagi ranglar muayyan ob-havo holati aniq sodir bo‘lishini emas, uning ehtimolini ifodalashini ham ta’kidlaydi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Kun tanlovi

Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ushbu da’volarni “asossiz” deb topdi va quyidagilarni ma’lum qildi.

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
O‘zbekiston fuqarolari 2027-yilning 1-martiga qadar Misrga mavjud tartib asosida erkin safar qilishlari mumkin bo‘ladi.
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Yana koʻrsatish