Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda murojaatlar bilan loqayd ishlagan 151 nafar amaldor lavozimidan olib tashlandi

14-sen, 10:27
Davlat tashkilotlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etildi, yuzlab xodimlarga intizomi…

Davlat tashkilotlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etildi, yuzlab xodimlarga intizomiy va ma’muriy choralar ko‘rildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi matbuot sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ta’sir choralari ko‘rish bo‘yicha jami 5 486 ta hujjat kiritilgan.

Shundan 1 386 tasi taqdimnoma, 642 tasi talabnoma, 495 tasi axborot va 2 963 tasi ko‘rsatmadan iborat bo‘lgan.

Eng ko‘p taqdimnomalar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimiga – 233 ta, Mahallalar uyushmasi tizimiga – 218 ta, Majburiy ijro byurosi tizimiga – 158 ta, Bosh prokuratura tizimiga – 128 ta hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga – 86 ta kiritilgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga 80 ta, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga 54 ta, “Hududiy elektr tarmoqlari” tizimiga 50 ta, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimiga esa 48 ta taqdimnoma kiritilgan.

Ko‘rsatmalar eng ko‘p Mahallalar uyushmasi tizimiga – 246 ta, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimiga – 212 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga – 210 ta hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga – 208 ta kiritilgan.

Majburiy ijro byurosi tizimiga 188 ta, elektr ta’minoti korxonalariga 183 ta, “Hududgazta’minot” tizimiga 149 ta, Kadastr agentligi tizimiga 131 ta va tijorat banklari tizimiga 127 ta ko‘rsatma berilgan.

Bundan tashqari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimiga 123 ta, “O‘zsuvta’minot” tizimiga 117 ta, Soliq qo‘mitasi tizimiga 112 ta hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga 100 ta ko‘rsatma kiritilgan.

Talabnomalar esa eng ko‘p mahalliy hokimliklar tizimiga — 62 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga — 59 ta, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga — 47 ta va Mahallalar uyushmasi tizimiga — 44 ta kiritilgan.

Elektr ta’minoti korxonalariga 42 ta, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimiga 39 ta, Majburiy ijro byurosi tizimiga 32 ta hamda tijorat banklari tizimiga 31 ta talabnoma yuborilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, 833 nafar xodimga hayfsan berilgan, 150 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 89 nafar shaxsga jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, 8 nafar xodimning lavozimi pasaytirilgan, 3 holatda ma’naviy ziyon uchun kompensatsiya undirilgan, 1 holatda moddiy zarar qoplangan.

Eng ko‘p qo‘llangan ta’sir chorasi esa rasman ogohlantirish bo‘lib, jami 1 335 nafar shaxs ogohlantirilgan. Bu esa murojaatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklarning katta qismi intizomiy tartibda bartaraf etishga qaratilganini ko‘rsatadi.

Murojaatlardagi kamchiliklardan kelib chiqib, faqat ta’sir choralari ko‘rish bilan cheklanilmagan. Eng ko‘p murojaatlar tushayotgan qariyb 10 ta tashkilotda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash maqsadida amaliy o‘quv seminarlari ham tashkil etilgan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Ozarbayjon Qashqadaryodagi konda oltin qidirish ishlarini boshlamoqda
#Iqtisodiyot

Ozarbayjon Qashqadaryodagi konda oltin qidirish ishlarini boshlamoqda

27-okt, 11:31
Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

26-okt, 18:34
“Bugun xalqning ovozi eshitildi!” – Serbiyada talabalar partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi
#Dunyo

“Bugun xalqning ovozi eshitildi!” – Serbiyada talabalar partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi

26-okt, 17:26
Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisi va aktivlarini qariyb 98,4 milliard so‘mga sotib olmoqda
#Iqtisodiyot

Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisi va aktivlarini qariyb 98,4 milliard so‘mga sotib olmoqda

26-okt, 17:13
Shahrisabz ko‘chasida yangi avtobus yo‘lagi ochilib, Sergeli va Yunusobod o‘rtasida uzluksiz jamoat transporti yo‘li shakllantirilmoqda
#Jamiyat

Shahrisabz ko‘chasida yangi avtobus yo‘lagi ochilib, Sergeli va Yunusobod o‘rtasida uzluksiz jamoat transporti yo‘li shakllantirilmoqda

26-okt, 16:58
O’zbekistonda jarrohlik operatsiyasi robot yordamida amalga oshirildi
#Jamiyat

O’zbekistonda jarrohlik operatsiyasi robot yordamida amalga oshirildi

26-okt, 14:36

Kun tanlovi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Eshmirzayev paxta topshirish rejasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda fermerlarni bo‘ralab haqorat qilgani ayt…
#O‘zbekiston

Paxta rejasini bajarmagan fermerlarni so‘kkani aytilgan Sho‘rchi tumani hokimi ustidan tekshiruv boshlandi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Eshmirzayev paxta topshirish rejasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda fermerlarni bo‘ralab haqorat qilgani aytilgan audioyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

26-okt, 12:38
Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan 11,74 gektarlik “Elbek” bog‘ini obodonlashtirish va bu yerda O‘zbekiston-Turkiya do‘stligi xiyobonini tashkil etis…
#O‘zbekiston

Yashnoboddagi “Elbek” bog‘i obodonlashtirilib, ichida O‘zbekiston-Turkiya do‘stligi xiyoboni barpo etiladi

26-okt, 12:21
Janubiy Koreyaning Hvason shahrida noqonuniy taksi xizmati ko‘rsatishda gumon qilingan o‘zbekistonlik fuqaro o‘z qilmishini politsiyaga xabar qilmoqchi bo‘lg…
#O‘zbekiston

Janubiy Koreyada noqonuniy kirakashlik qilayotgan o‘zbekistonlik o‘zini politsiyaga berishga uringan koreyalikni hushidan ketguncha do‘pposladi

25-okt, 14:57

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Iqtisodiyot

Ozarbayjon Qashqadaryodagi konda oltin qidirish ishlarini boshlamoqda

27-okt, 11:31
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

26-okt, 18:34
#Dunyo

“Bugun xalqning ovozi eshitildi!” – Serbiyada talabalar partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi

26-okt, 17:26
#Iqtisodiyot

Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisi va aktivlarini qariyb 98,4 milliard so‘mga sotib olmoqda

26-okt, 17:13
#Jamiyat

Shahrisabz ko‘chasida yangi avtobus yo‘lagi ochilib, Sergeli va Yunusobod o‘rtasida uzluksiz jamoat transporti yo‘li shakllantirilmoqda

26-okt, 16:58
#Jamiyat

O’zbekistonda jarrohlik operatsiyasi robot yordamida amalga oshirildi

26-okt, 14:36
Yana koʻrsatish