Paxta rejasini bajarmagan fermerlarni so‘kkani aytilgan Sho‘rchi tumani hokimi ustidan tekshiruv boshlandi

Ushbu audioda tuman rahbari fermerlar sharafiga nojo‘ya va haqoratli so‘zlarni ishlatganini eshitish mumkin.
Mazkur holat shov-shuvlarga sabab bo‘lgach, Surxondaryo viloyati hokimligi vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Hokimlik bergan ma’lumotga ko‘ra, audioyozuvlarning haqiqiyligini har tomonlama va xolis o‘rganish hamda voqeaga huquqiy baho berish maqsadida vakolatli idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilgan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida qonun ustuvorligi, xizmat etikasi va inson qadriga qat’iy rioya etishi shartligini ta’kidlab o‘tdi. Ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar yakunlangach, holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi va natijalari haqida qo‘shimcha axborot berilishi kutilmoqda.








