Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

O‘zbekiston rahbariyatining ikkinchi shaxsi: maktab o‘qituvchiligidan Senat raisligigacha — Tanzila Norboyeva kim?

7-sen, 16:31
Tanzila Norboyeva — Respublika rahbariyatidagi ikkinchi shaxs, Oliy Majlis Senati Raisi. U 2019-yil 21-iyunda ushbu lavozimga saylanib, O‘zbekiston tarixida …

Tanzila Norboyeva — Respublika rahbariyatidagi ikkinchi shaxs, Oliy Majlis Senati Raisi. U 2019-yil 21-iyunda ushbu lavozimga saylanib, O‘zbekiston tarixida Senatga rahbarlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi. 2024-yil noyabr oyida esa senatorlar tomonidan yana Senat Raisi etib saylandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi tizimida, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bolaligi, ta’limi va oilasi

Tanzila Norboyeva 1956-yil 24-iyulda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Faoliyati

Tanzila Norboyeva mehnat faoliyatini 1974-yilda Andijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktabda yoshlar yetakchisi sifatida boshlagan. 1975–1995-yillarda Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar O‘quvchilar uyi direktori bo‘lib ishlagan.

1995–2010-yillarda Vazirlar Mahkamasi tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2010–2016-yillarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi, 2016–2019-yillarda esa Bosh vazir o‘rinbosari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 2019-yil iyunida Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlandi. Bir kun o‘tib, 21-iyunda senatorlar tomonidan Senat Raisi etib saylandi. Shu tariqa u O‘zbekiston tarixida Senatga rahbarlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi. Hozirda Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senati Raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha faoliyati

2020-yildan Tanzila Norboyeva Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga raislik qilib kelmoqda. Kengash O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, mavjud muammolarni tahlil qilish va tegishli islohotlarni jadallashtirish bilan shug‘ullanadi.

Bu yo‘nalishda O‘zbekistonning qator ko‘rsatkichlari yaxshilandi. 2025-yilda ustuvor etib belgilangan 20 ta xalqaro reytingning 12 tasida mamlakat o‘z o‘rnini yaxshiladi. Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O‘zbekiston 193 davlat orasida 63-o‘ringa chiqib, 6 pog‘ona yuqoriladi. Shuningdek, mamlakat Jahon bankining “Business Ready” reytingida “Amaliyotning osonligi” yo‘nalishi bo‘yicha top-10 talikdan joy oldi.

Bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurash

Tanzila Norboyeva faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biri bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘ldi. U Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi sifatida bu yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirdi. Xalqaro mehnat tashkiloti va fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda paxta yig‘im-terimida uchinchi tomon monitoringi yo‘lga qo‘yildi. Natijada O‘zbekistonda paxta yetishtirishda tizimli bolalar va majburiy mehnatga barham berilgani xalqaro darajada e’tirof etildi. 2022-yilda Cotton Campaign (majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya) O‘zbekiston paxtasiga nisbatan ko‘p yillik global boykotni bekor qildi. Shundan so‘ng majburiy mehnat bo‘yicha monitoringni paxtachilikdan tashqari qurilish va umumiy ovqatlanish kabi boshqa sohalarda ham davom ettirish belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Norboyevaning hukumatdagi faoliyatini baholar ekan, ayniqsa bolalar mehnatini yo‘qotish yo‘lidagi harakatlari va xalqaro hamkorlikdagi xizmatlarini e’tirof etgan.

Gender tengligi va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash

Tanzila Norboyeva faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo‘ldi. 2019-yilda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida 6 ming nafar salohiyatli ayol rahbarlikka tayyorlanayotganini ma’lum qilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengayib, 2021-yilga kelib siyosat, iqtisodiyot va jamiyat hayotida rahbarlik lavozimlarini egallashi mumkin bo‘lgan 15 mingdan ortiq xotin-qizdan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.

2021-yilda Senat tomonidan 2030-yilgacha Gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi. Unda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, oliy ta’limga qamrovini oshirish, rahbarlik lavozimlariga ilgari surish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Bu davrda ayollarning siyosiy faolligi ham oshdi: 2019-yilgi parlament saylovlaridan keyin parlamentdagi xotin-qizlar ulushi 32 foizga yetdi, O‘zbekiston esa Parlamentlararo ittifoq reytingida 193 davlat orasida 44-o‘rinni egalladi.

2022-yilda esa BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda davlat tashkilotlarida gender tengligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturi O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, uning davrida Parlamentlararo ittifoq tomonidan joriy qilingan “Ayol va siyosat” indeksida 130-o‘rindan 45-o‘ringa ko‘tarildi.

Ijtimoiy himoya va inklyuzivlik

Tanzila Norboyeva 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi hamraisi sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatdagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratib kelmoqda. Uning raisligidagi komissiya yig‘ilishlarida nogironlikni belgilash tizimini soddalashtirish, protez va reabilitatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bandlikni ta’minlash hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari nazoratga olingan.

Bu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxati 18 tadan 38 taga, ularni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar soni esa 27 tadan 134 taga ko‘paygan, yetkazib berish muddati 4 baravarga qisqargan. Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratish tizimi joriy etilgan. 2026-yilda Norboyeva boshchiligidagi Parlament komissiyasi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni ham tasdiqlagan.

Mukofotlari

Tanzila Norboyeva ko‘p yillik davlat va jamoat faoliyati davomida qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. U 2000-yilda “Shuhrat” medali, 2010-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2016-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 2026-yilda, 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan, davlat va jamiyat boshqaruvi, parlamentarizmni rivojlantirish, demokratik islohotlar hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Norboyeva xorijiy davlatlarning mukofotlariga ham sazovor bo‘lgan: 2022-yilda Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni, 2025-yilda Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik” ordeni, 2026-yilda esa Rossiyaning “Hurmat” ordeni bilan mukofotlangan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Shahrisabzda VAZ-2105 daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda VAZ-2105 daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54

Kun tanlovi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27
O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi
#Siyosat

O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi

26-okt, 11:11

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Shahrisabzda VAZ-2105 daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
Yana koʻrsatish