O‘zbekiston migrantlari Rossiyadan uzoqlashmoqda

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida Rossiyadan tashqari Turkiya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlariga yo‘l olayotganlar soni ortmoqda. Bu jarayon xorijdan yuborilayotgan pul o‘tkazmalari tarkibida ham aks etib, Rossiyaning ulushi kamayib, boshqa davlatlarning hissasi oshayotganini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilish maqsadida asosan Rossiyaga yo‘l olayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda Turkiya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari ham asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Bu o‘zgarishlar xorijdan yuborilayotgan pul o‘tkazmalari tarkibida yaqqol namoyon bo‘lgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xorijdan jami 3,8 milliard AQSH dollari miqdorida pul o‘tkazilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga ko‘p. Pul o‘tkazmalari manbalari tarkibida ham o‘zgarish kuzatilmoqda. Xususan, Rossiyadan kelgan o‘tkazmalarning umumiy hajmdagi ulushi 2025-yilning birinchi choragidagi 77,6 foizdan 2026-yilning shu davrida 72,4 foizgacha kamaygan. Bu qariyb 2,75 milliard dollarga teng.
Markaziy bank ushbu holatni Rossiyada mehnat patenti narxining oshgani, mart oyida rubl kursining qadrsizlangani hamda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining boshqa davlatlarga yo‘nalayotgani bilan izohlagan.
Ayni paytda boshqa mamlakatlardan yuborilayotgan pul o‘tkazmalari ulushi ortib bormoqda. Jumladan, Qozog‘istonning ulushi 3,1 foizdan 4,1 foizga, Janubiy Koreyaniki 3,5 foizdan 4,1 foizga, Yevropa davlatlariniki esa 2,3 foizdan 3,3 foizgacha oshgan.
Qolgan mamlakatlar hissasiga umumiy xalqaro pul o‘tkazmalarining 16,2 foizi, ya’ni taxminan 615,6 million dollar to‘g‘ri kelgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 13,6 foizni tashkil etgan edi.
Shuningdek, Rossiyada patent asosida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni ham kamaygan. 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, ular soni 1,34 million nafarga yetgan. Bu o‘tgan chorakka nisbatan 8,8 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 1,8 foizga qisqargan. Mutaxassislar bu holatni mavsumiy omillar hamda tashqi mehnat bozoridagi o‘zgarishlar bilan bog‘lamoqda.
Boshqa tomondan, Turkiya va Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishda davom etmoqda. Turkiyada rasmiy ishlash ruxsatnomasiga ega fuqarolar soni qariyb 70 ming nafarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga oshgan. Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar soni esa 99,6 ming nafarga yetgan.
2026-yilning dastlabki uch oyida xorijga chiqqan O‘zbekiston fuqarolari soni 1,63 million nafarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga ko‘p bo‘lib, o‘zbekistonliklarning xorijda ishlash va mehnat migratsiyasi geografiyasi tobora kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.