Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Reklama

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Markaziy Osiyoda davlat qarzi 140 milliard dollardan oshdi: eng katta ulush Qozog‘iston va O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda

6-iyl, 18:05

Markaziy Osiyo davlatlarining jami davlat qarzi 140 milliard dollardan oshdi. Umumiy majburiyatlarning katta qismi mintaqaning ikki yirik iqtisodiyoti - Qozog‘iston va O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tahlillarga ko'ra , qarz miqdoridan ko‘ra uning tarkibi, xizmat ko‘rsatish imkoniyati va iqtisodiyotga ta’siri muhimroq omil hisoblanadi.

Qozog‘iston mintaqadagi eng yirik davlat qarziga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda. 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatning davlat qarzi 76,5 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.

Mamlakat qarzining asosiy qismi ichki majburiyatlardan iborat. Xususan, 56,4 milliard dollar yoki jami qarzning qariyb 74 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi esa xalqaro moliya bozorlarida joylashtirilgan yevroobligatsiyalar hamda xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘lardan tashkil topgan. Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati taxminan 23 foiz bo‘lib, bu xalqaro mezonlar bo‘yicha mo‘tadil daraja sifatida baholanadi.

O‘zbekistonning davlat qarzi esa 47 milliard dollarga yetgan. Bir yil davomida qarzdorlik hajmi 4,4 milliard dollarga ko‘paygan. Mamlakatda qarz portfelining asosiy qismini tashqi majburiyatlar tashkil etadi. Ularning hajmi 39,8 milliard dollarni yoki umumiy qarzning 85 foizini tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonning eng yirik kreditorlari qatorida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki yetakchilik qilmoqda. Mazkur moliya institutlari oldidagi majburiyatlar mos ravishda 9,04 milliard va 8,3 milliard dollarga teng. Davlat qarzining YAIMga nisbati esa 26,6 foizni tashkil etmoqda.

Qirg‘izistonda davlat qarzi 9,8 milliard dollarga yetib, mintaqadagi eng yuqori qarz yukiga ega davlat sifatida qayd etilgan. So‘nggi bir yil ichida bu ko‘rsatkich 47 foizga oshgan. Jami qarzning 5,2 milliard dollari tashqi, 4,6 milliard dollari esa ichki majburiyatlardan iborat. Mamlakatda davlat qarzining YAIMga nisbati 39,5 foizga yaqinlashgan.

Tojikistonning davlat qarzi taxminan 3,5 milliard dollarni tashkil etadi. Shundan 3 milliard dollarga yaqini tashqi qarz hisoblanadi. Eng yirik kreditorlardan biri Xitoyning Eksport-import banki bo‘lib, uning ulushi qariyb 700 million dollarga teng. Davlat qarzining YAIMga nisbati 25 foiz atrofida saqlanmoqda.

Turkmaniston esa mintaqadagi eng past davlat qarzi ko‘rsatkichiga ega mamlakat sifatida ajralib turadi. Mamlakatning davlat qarzi 4 milliard dollar atrofida bo‘lib, bu YAIMning 5,2 foiziga teng. Mavjud prognozlarga ko‘ra, 2027-yil yakuniga borib ushbu ko‘rsatkich 3,3 foizgacha qisqarishi mumkin.

Reklama

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari Vatanga qaytarildi

14-sen, 17:52
#O‘zbekiston

Nijnekamskdagi fojiada og‘ir yaralangan so‘nggi o‘zbekistonlik Qozondan Toshkentga olib kelindi

14-sen, 17:29
#Jamiyat

Tadbirkorlardan noqonuniy 5,5 milliard so‘m yig‘gan “Hududiy elektr tarmoqlari” javobgarlikka tortilmoqda

14-sen, 17:13
#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

14-sen, 17:09
#Dunyo

Litvada juma namozi vaqtida masjid oldida cho‘chqa boshi bilan provokatsiya uyushtirildi

14-sen, 16:59
#Dunyo

Isroil madaniyat vaziri Venetsiyadagi “NAZA” filmi mualliflarini fuqarolikdan mahrum etishga chaqirdi

14-sen, 15:12

Kun tanlovi

#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

14-sen, 17:09
#Siyosat

Markaziy Osiyo va Koreya savdosi 5,7 mlrd dollarga yetdi

14-sen, 11:45
#Siyosat

Seulning eng baland binosi – Lotte Tower O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi

14-sen, 11:18

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Qashqadaryoda ham ekopolitsiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

12-sen, 11:47
#Jamiyat

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi

9-sen, 14:45
#Jamiyat

Toshkentda o‘quvchiga majburan jism yuttirilgani bo‘yicha Bolalar ombudsmani tekshiruv boshladi

7-sen, 18:04
#Jamiyat

“To‘yning ertasi kuniyoq tillalarni kuyovning oilasiga berganman”. Turkiyada tillalarni olib qochganlikda ayblangan o‘zbeksitonlik kelin izoh berdi

9-sen, 12:12
#Jamiyat

Chorvoq fojiasi: suv omborida cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illarning barchasining jasadi topilib, qutqaruv yakunlandi

10-sen, 15:25
#Dunyo

Rasmiy Toshkent Saudiya Arabistoniga qilingan raketa va dron hujumlarini keskin qoraladi

13-sen, 08:35
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli