Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Reklama

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Hindistondagi “Tarakanlar xalq partiyasi” harakati hukumat uchun jiddiy siyosiy sinovga aylandi

24-iyl, 10:26

20-iyul kuni Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida o‘n minglab namoyishchilar parlament binosi tomon yo‘l oldi. Politsiya ularni to‘xtatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina tayoqlardan foydalangan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 60 nafar namoyishchi va 118 nafar politsiya xodimi jarohat olgan. Tartibsizliklar sabab shaharning ayrim hududlarida mobil internet ham vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan.

Namoyishchilarning asosiy talabi – Hindiston ta'lim vaziri Dharmendra Pradhan iste'foga chiqishi. Ular hukumatni mamlakatdagi ta'lim tizimini inqirozga olib kelganlikda ayblamoqda.

Barcha noroziliklarga sabab bo‘lgan imtihon

Joriy yil boshida Hindistondagi tibbiyot oliygohlariga kirish uchun o‘tkaziladigan eng muhim imtihonlardan biri – NEET (National Eligibility-cum-Entrance Test) savollari oldindan sizib chiqqani aniqlangan edi. Shundan so‘ng hukumat millionlab abituriyentlar topshirgan imtihonni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Mazkur holat butun mamlakat bo‘ylab yoshlar orasida keskin norozilikka sabab bo‘ldi.

Ta'lim vaziri Dharmendra Pradhan esa ijtimoiy tarmoqlarda hukumat xalq oldida islohotlarni amalga oshirish va ular yuzasidan hisobot berishga mas'ul ekanini bildirib, bu yo‘ldagi ishlar davom etishini ma'lum qildi.

Satirik postlardan siyosiy harakatgacha

CJP may oyida internetdagi hazil va memlar asosida tashkil etilgan satirik loyiha sifatida paydo bo‘lgan edi. Biroq qisqa vaqt ichida u Hindistonning Z avlodi vakillari uchun haqiqiy norozilik platformasiga aylandi.

Bugungi kunda harakat faqat imtihon mojarosi bilan cheklanib qolmayapti. Ishtirokchilar yuqori ishsizlik darajasi, ish o‘rinlarining yetishmasligi, ta'lim sifati pasayishi va yoshlar uchun istiqbollarning kamayishini ham ko‘tarishmoqda.

Natijada CJP Bosh vazir Narendra Modi hukumati uchun kutilmagan siyosiy muammoga aylandi. Hukumat bir tomondan yoshlar bilan muzokara olib borishga urinayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan politsiya orqali namoyishlarni bostirish choralarini qo‘llamoqda.

Namoyishlar ortidan muxolifat vakillari hukumatning harakatlarini keskin tanqid qildi.

Hindiston Milliy Kongressi deputati Renuka Choudhuryning fikricha, talabalarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlardan foydalanish demokratik davlat uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir.

Hindistonda ommaviy norozilik namoyishlari uzoq tarixga ega. 2011-yilda korrupsiyaga qarshi India Against Corruption harakati millionlab fuqarolarni safarbar qilgan va mamlakat siyosatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan. 2020–2021-yillarda esa fermerlarning bir yil davom etgan ommaviy noroziliklari natijasida Narendra Modi hukumati qishloq xo‘jaligi islohotlariga oid bahsli qonunlarni bekor qilishga majbur bo‘lgan.

Biroq barcha namoyishlar ham muvaffaqiyat bilan yakunlanmagan. Masalan, 2023-yilda Hindiston kurash federatsiyasi rahbariga qarshi sportchilar tomonidan uyushtirilgan noroziliklar kutilgan natijani bermagan.

Noroziliklar kengayib borayotgani ortidan Hindiston hukumati CJP vakillari bilan muloqot boshladi. Ichki ishlar vaziri Amit Shoh vaziyatni hukumat a'zolari bilan muhokama qilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash vaziri Jagat Prakash Nadda harakat faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Hukmron Bharatiya Janata Party (BJP) vakillaridan biri anonim tarzda talabalar talablarini qondirish bo‘yicha yechim izlanayotganini ma'lum qilgan.

Hozircha CJPning asosiy tayanchi talabalar va shaharlardagi o‘rta sinf vakillari hisoblanadi. BJP esa asosan qishloq hududlari va kichik shaharlardagi saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ammo ayrim ekspertlar norozilik kayfiyati qishloq yoshlari orasida ham kuchayishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Agar CJP qishloq yoshlari orasida ham ommalasha olsa, u Narendra Modi hukumati uchun yanada jiddiy siyosiy sinovga aylanishi mumkin.

Siyosiy sharhlovchi Apoorvanandning ta'kidlashicha, qishloq va shahar aholisi o‘rtasidagi doimiy migratsiya sabab namoyishlar haqidagi taassurotlar butun mamlakat bo‘ylab tarqalmoqda. Natijada asosiy norozilik endi hukumatning o‘ziga qaratilgan.

Harakat rahbarlaridan biri Saurav Das esa oldinda uzoq kurash turganini bildirib, tizimni o‘zgartirish uchun qat'iyatli harakat zarurligini qayd etdi.

Shu tariqa, internetdagi satirik tashabbus sifatida boshlangan “Tarakanlar xalq partiyasi” bugun Hindistondagi eng muhim siyosiy va ijtimoiy harakatlardan biriga aylanib, yoshlarning muammolarini mamlakat kun tartibining markaziga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari Vatanga qaytarildi

14-sen, 17:52
#O‘zbekiston

Nijnekamskdagi fojiada og‘ir yaralangan so‘nggi o‘zbekistonlik Qozondan Toshkentga olib kelindi

14-sen, 17:29
#Jamiyat

Tadbirkorlardan noqonuniy 5,5 milliard so‘m yig‘gan “Hududiy elektr tarmoqlari” javobgarlikka tortilmoqda

14-sen, 17:13
#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

14-sen, 17:09
#Dunyo

Litvada juma namozi vaqtida masjid oldida cho‘chqa boshi bilan provokatsiya uyushtirildi

14-sen, 16:59
#Dunyo

Isroil madaniyat vaziri Venetsiyadagi “NAZA” filmi mualliflarini fuqarolikdan mahrum etishga chaqirdi

14-sen, 15:12

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

Nijnekamskdagi fojiada og‘ir yaralangan so‘nggi o‘zbekistonlik Qozondan Toshkentga olib kelindi

14-sen, 17:29
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda murojaatlar bilan loqayd ishlagan 151 nafar amaldor lavozimidan olib tashlandi

14-sen, 10:27
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kamaydi, ammo 40 yoshdan oshgan onalar ulushi ortmoqda

13-sen, 16:38

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Qashqadaryoda ham ekopolitsiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

12-sen, 11:47
#Jamiyat

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi

9-sen, 14:45
#Jamiyat

Toshkentda o‘quvchiga majburan jism yuttirilgani bo‘yicha Bolalar ombudsmani tekshiruv boshladi

7-sen, 18:04
#Jamiyat

“To‘yning ertasi kuniyoq tillalarni kuyovning oilasiga berganman”. Turkiyada tillalarni olib qochganlikda ayblangan o‘zbeksitonlik kelin izoh berdi

9-sen, 12:12
#Jamiyat

Chorvoq fojiasi: suv omborida cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illarning barchasining jasadi topilib, qutqaruv yakunlandi

10-sen, 15:25
#Dunyo

Rasmiy Toshkent Saudiya Arabistoniga qilingan raketa va dron hujumlarini keskin qoraladi

13-sen, 08:35
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli