Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Iqtisodiyot

UzPost xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berildi. Avvalroq bu ma’lumot rad etilgandi

14-okt, 18:11
O‘zbekiston pochtasi milliy pochta operatori (UzPost) ishonchli boshqaruvga berildi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilingan aksiyadorlar…

O‘zbekiston pochtasi milliy pochta operatori (UzPost) ishonchli boshqaruvga berildi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilingan aksiyadorlarning 21-sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bayonnomasida aytib o‘tilgan.

Hujjatda “O‘zbekiston pochtasi” AJ kuzatuv kengashining tarkibini qayta shakllantirish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi nomidan 4 nafar, ya’ni, jamiyatning amaldagi kuzatuv kengashi tarkibida mavjud bo‘lgan mustaqil a’zolarni qayta saylash, shuningdek Ostonaqulov Muzaffar Muhsin o‘g‘lini saylash hamda Jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risidagi 2025-yil 30-dekabrdagi 01/3-94-sonli ishonchli boshqaruv shartnomasining 6.1-bandini inobatga olib, “WB INT EXPORT” MCHJ tomonidan 2026-yil 31-martdagi DDU-4-son xati bilan berilgan 5 nafar vakil: Ye.A. Mitin, E.N. Hasanov, P.V. Logunov, A.A. Xmelyova va A.B. Primqulov nomzodlarini Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylash taklif etilgan.

Ya’ni, hujjatga ko‘ra, UzPost ustav kapitalidagi 92,9% aksiyalardan iborat davlat ulushini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma (01/3−94-sonli) 2025-yil 30-dekabrda tuzilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-oktabrdagi qarori hamda 2025-yil 30-dekabrda tuzilgan Ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida UzPostdagi davlat aksiyalar paketi WB INT EXPORT korxonasiga (Wildberries’ning 100 foizlik sho‘ba korxonasi) bir yil muddatga ishonchli boshqaruvga berilgan.

Bu tarmoqlar ancha muhokama qilingan mavzuni yana kun tartibiga olib chiqadi. Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzpost ishonchli boshqaruvga berilganini rad qilib, “O‘zbekiston pochtasi” ustav kapitalidagi davlat tashkilotlari, korxonalar va tijorat banklariga tegishli jami 92,9 foizlik davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga to‘liq o‘tkazilganini ma’lum qilgandi.

100 milliard so‘mlik qarz

Xususiylashtirish masalasidan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” va Wildberries bilan bog‘liq yana bir muhim masala — 100 milliard so‘mlik qarz edi.

Muzokaralar davomida Wildberries tarkibidagi “WB INT EXPORT” MChJ “O‘zbekiston pochtasi”ga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida 100 milliard so‘m qarz berishga tayyorligini bildirgan.

Bu mablag‘ kompaniyaning moddiy-texnik bazasini yangilash, transport vositalari va texnikalar xarid qilish, pochta tarmog‘ini kengaytirish hamda bino va inshootlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur kelishuv qonunchilik bo‘yicha yirik bitim hisoblangani sababli aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan. Biroq foiz stavkasi, qarz miqdori va uni qaytarish grafigi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Shu sababli 2026-yil 21-sentabr kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida 100 milliard so‘mlik qarz bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.

Biroq 12-oktabr kuni UzPost xususiylashtirilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kompaniyadagi davlat ulushini Rossiyaning Wildberries marketpleysi sotib olgani aytildi. Ammo Uzpost xususiylashtirilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi
#Siyosat

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

14-okt, 17:35
Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtiruvchi qonunni imzoladi
#Siyosat

Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtiruvchi qonunni imzoladi

14-okt, 17:20
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti
#Siyosat

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti

14-okt, 16:47
“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

14-okt, 16:15
Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

14-okt, 15:44

Kun tanlovi

UzPost xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berildi. Avvalroq bu ma’lumot rad etilgandi
#Iqtisodiyot

UzPost xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berildi. Avvalroq bu ma’lumot rad etilgandi

14-okt, 18:11
Chegirma har doim ham pulni tejash deganimi? Ba’zan arzon mahsulot deb kirib, savatni to‘ldirib chiqamiz. Xaridni foydali qilish uchun chegirma foizidan oldi…
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

14-okt, 15:44
Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi
#Iqtisodiyot

Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi

14-okt, 13:09

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Iqtisodiyot

UzPost xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berildi. Avvalroq bu ma’lumot rad etilgandi

14-okt, 18:11
#Siyosat

Isroil Prezidenti Ozarbayjonga bordi

14-okt, 17:35
#Siyosat

Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni og‘irlashtiruvchi qonunni imzoladi

14-okt, 17:20
#Siyosat

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti

14-okt, 16:47
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

14-okt, 16:15
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
Yana koʻrsatish