Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

© 2026 Portal24. Barcha huquqlar himoyalangan.

Sayt materiallaridan foydalanilganda portal24.uz saytiga havola berish majburiy.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
#Iqtisodiyot

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan aktivlaridan yana 252,5 million dollari O‘zbekistonga qaytariladi

25-noy, 16:34·Muallif: Abdurahmon Ergashev
Gulnora Karimovaning

Hujjatga ko‘ra, 252,5 million dollar miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston, Shveysariya va BMT hamkorligida tuzilgan “Ishonch – 2030” (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamg‘armasi orqali aholi farovonligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Resurslarni taqsimlash strategiyasining ikkinchi bosqichini O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Simone Giger va BMTning mamlakatdagi doimiy koordinatori Sabine Mahl imzoladi. Loyihalarni tanlash va monitoring qilishda BMT hamda Jahon banki dasturlari ishtirok etib, jarayonlarning ochiqligi va jamoatchilik nazoratiga alohida e’tibor qaratiladi.

Yangi strategiya doirasida qaytarilayotgan mablag‘lar ikkita ustuvor yo‘nalishga — sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga sarflanadi. Xususan, tibbiyot yo‘nalishida bolalar va o‘smirlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni yaxshilash, kasalliklarni erta aniqlash, ayrim onkologik xastaliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda shifokorlar malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. Ta’lim tizimida esa yangi maktablar qurilishini qo‘llab-quvvatlash, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish va pedagoglar salohiyatini kuchaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda qishloq joylari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ustuvorlik beriladi.

Ma’lumot uchun, 2022-yil 16-avgustdagi restitusiya bitimi asosida tashkil etilgan mazkur jamg‘armaning avvalgi bosqichlarida ham yirik loyihalar moliyalashtirilgan. Jumladan, birinchi bosqichda ajratilgan 87 million dollar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan edi. Shuningdek, 131 million dollarlik dastlabki mablag‘lar hisobidan mamlakat bo‘ylab 230 ta perinatal markaz uchun 5 841 dona zamonaviy tibbiy uskuna xarid qilinib, 11 mingdan ortiq tibbiyot xodimi malaka oshirgan hamda maktablar infratuzilmasi yaxshilangan.

  • #gulnora karimova
  • #aktivlar
  • #musodara
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling
Maqola muallifiAbdurahmon Ergashev#Iqtisodiyot
Muallifning boshqa maqolalari

Shuningdek oʻqing

#Iqtisodiyot

Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratadi

23-noy, 12:44·Abdurahmon Ergashev
#Iqtisodiyot

Jizzaxda 500 million dollarga qurilgan yangi IES ish boshladi

21-noy, 14:04·Abdurahmon Ergashev
#Iqtisodiyot

O‘zbekistonda endi xodimlar ish beruvchi bankiga bog‘lanmasdan, maoshini o‘zlari tanlagan istalgan bank kartasiga olishlari mumkin

18-noy, 15:15·Javohir Qadamov
#Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiberfiribgarlar fuqarolarning 278,3 milliard so‘m mablag‘ini o‘marib ketdi

18-noy, 14:55·Javohir Qadamov
#Iqtisodiyot

Banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tartibi belgilandi - Omonatlar qanday himoyalanadi?

17-noy, 16:09·Javohir Qadamov
#Iqtisodiyot

Özbekistonga Qozoğistondan neft yetkazib beriş 80 foizga oşib, 8 oylik hajm ötgan yilgi yillik körsatkiçdan özib ketdi

16-noy, 18:36·Javohir Qadamov

Kun tanlovi

#Iqtisodiyot

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan aktivlaridan yana 252,5 million dollari O‘zbekistonga qaytariladi

24-noyabr kuni tasdiqlangan bitimga muvofiq, Shveysariyadan qaytarilayotgan 252,5 million dollarlik mablag‘ “Ishonch – 2030” jamg‘armasi orqali O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

25-noy, 16:34·Abdurahmon Ergashev
#Iqtisodiyot

Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratadi

23-noy, 12:44·Abdurahmon Ergashev
#Iqtisodiyot

Jizzaxda 500 million dollarga qurilgan yangi IES ish boshladi

21-noy, 14:04·Abdurahmon Ergashev

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Erlar gimnaziyasidan yuridik universitetgacha. Bir bino tarixi

20-noy, 17:34·Muhammadqodir Sobirov
#O‘zbekiston

Abu Muslim taxallusi bilan tanilgan bloger Adham Atajanov vafot etdi

19-noy, 14:58·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar ixcham to‘yni xohlamoqda – Mahallalar uyushmasi. Amalda qanday?

21-noy, 13:19·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Sayyid Abdulaziz Yusupov konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va tuhmatda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

20-noy, 16:59·Abdurahmon Ergashev
#Jamiyat

Toshkentda rossiyalik fuqaro o'zini 9-qavatdan tashladi

20-noy, 12:30·E’zoza Olimova
#Sport

Sindorov — Gukesh: jahon toji uchun match formati, taqvimi va boshlanish vaqti

23-noy, 17:54·Javohir Qadamov
Yana koʻrsatish