Tailandni samolyotda tark etuvchi har bir yo‘lovchidan 30 dollarlik yangi soliq undirilishi kutilmoqda

Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda har bir parvoz uchun yig‘im miqdori 1000 bat (taxminan 30 dollar) etib belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Soliq fuqaroligidan qat’i nazar barcha yo‘lovchilarga taalluqli bo‘ladi va u aviachipta narxiga avtomatik ravishda qo‘shiladi. Taklifga ko‘ra, yig‘im miqdori keyinchalik o‘zgartirilishi mumkin, biroq u bir chiqish uchun 5000 batdan oshmasligi kerak. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar, rasmiy delegatsiyalar va transport ekipaj a’zolari ushbu to‘lovdan ozod etilishi rejalashtirilgan.
Qonun loyihasida soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qat’iy choralar ko‘zda tutilgan bo‘lib, qarzdorlikning ikki baravari miqdorida jarima hamda har bir kechikkan oy uchun 1,5 foiz penya hisoblanishi taklif etilgan. Hujjat rasman e’lon qilingach, 180 kundan keyin kuchga kiradi, ungacha xarid qilingan chiptalar uchun esa yangi yig‘im qo‘llanilmaydi.
Ayni paytda ushbu tashabbus bo‘yicha jamoatchilik mulohazalari va takliflarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda, bu bosqich 29-oktyabrgacha shuningdek yakunlanishi kutilmoqda.
Avvlaroq Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni rasman bekor qilgan edi.









