AQSH va Rossiya Prezidentlari Xitoyga keldi, ular ikki xil kutib olindi. Asosiy voqealar

Xitoyning Shenchjen shahrida 18-20 noyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (APEC) sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Sammit doirasida davlat yetakchilari asosan iqtisodiy yutuqlar, sun’iy intellekt va hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boryapti.
Tadbirga bir qancha davlat rahbarlari, jumladan AQSh Prezidenti Donald Tramp, Janubiy Koreya rahbari Li Chje Myon, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va boshqalar keldi.
Sammitning eng muhim uchrashuvi, AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilarining uch tomonlama muzokaralari hisoblanadi. Unda Putin, Tramp va Si xalqaro masalalar, jumladan, Ukraina, Eron va yadroviy qurollarni nazorat qilish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Mutaxassislar va kuzatuvchilar sammitdagi har bir voqeani diqqat bilan kuzatmoqda. Ular allaqachon Rossiya va AQSh Prezidentlarini kutib olishdagi farqlarni payqadi.
Xususan ikki rahbar aeroportdanoq turlicha kutib olindi. Vladimir Putinni Xitoyning yuqori martabali amaldori Say Si kutib oldi. Donald Trampni esa Si Szinpin shaxsan aeroportda maxsus tayyorgarlik bilan qarshi oldi.
Shuningdek, Rossiya rahbari sammit zaliga kirganida “Shchelkunchik” baletidan musiqa yangradi. Tramp kirib kelganida esa AQSh davlat madhiyasi ijro etildi.
Mutaxassislar davlat rahbarlarining umumiy suratga tushish protokoliga ham qiziqqan. Chunki Tramp va Si Szinpin markazda, yonma-yon turgan, Putin esa ulardan alohida joyga qo‘yilgan.
Yana bir e’tiborga molik jihat, uchashuvlardan keyin o‘tkazilgan tantanali ziyofatdagi joylashuv bo‘ldi. Szinpin va Tramp bir stolda o‘tirdi, Putin esa boshqa stolga joylashtirildi.
Ekspertlar buni Xitoyning AQSh bila aloqalarga katta urg‘u berayotgani bilan izohlagan.
Shunday alohida ikki tomonlama uchrashuvlarda AQSh Prezidenti Putinni “mening do‘stim” deya tanishtirib, iliq muzokara o‘tkazgan. Tramp uchrashuv xonasiga kirib, yordamchilarga “Bu kim? Bu mening do‘stim” deya Putinni ko‘rsatgan.
Har ikki tomon uchrashuv samarali o‘tganini ta’kidladi. Shu kuni Tramp va Szinpin o‘rtasida ham muzokara bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlarning uch tomonlama uchrashuvi 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
- #Rossiya
- #AQSH
- #Xitoy








