Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

“Eski Jo‘va” bozorida Bosh vazirga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan sotuvchi 3 sutkaga qamaldi

19-noy, 13:09
bozor

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov 16-noyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripovning poytaxtdagi “Eski Jo‘va” bozoriga tashrifi oldidan ichki ishlar xodimlari sotuvchi Sanjar Karimovni olib ketib, ma’muriy qamoqqa oldirgani haqida xabar berdi, Toshkent shahar sudlari esa holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Huquq faolining ma’lum qilishicha, bozordagi sotuvchilardan biri Sanjar Karimov hukumat rahbarini ko‘rib qolsa, qamoqdagi blogger amakisi G‘ayrat Karimovning ishi yuzasidan shikoyat qilmoqchi ekanini atrofdagilarga aytgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari uni bozordan olib chiqib ketishgan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori bilan yigit 3 sutkaga qamalgan. Tashanovning qayd etishicha, ushbu holat aks etgan videoni taqdim etgan qarindoshi ham avvalroq xuddi shu sabab bilan bir necha bor ma’muriy qamoqqa olingan.

“Buni Bosh vazirimiz biladimi-yo‘qmi, bilmayman, ammo uning tashrifi bozorchilarga qimmatga tushmoqda. Afsuski, odil sudlov tushunchasi yo‘q darajada, bu idora militsiyalarning ishlarini qonunlashtirib beradigan shunchaki notarial idoraga aylangan”, deya yozadi Abdurahmon Tashanov o‘z sahifasida.

Mazkur bayonot ortidan Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videotasvir va izohlar asosida vaziyatga uzil-kesil baho berib bo‘lmasligini ta’kidladi. Rasmiy axborotga ko‘ra, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro S. K. haqiqatan ham Shayxontohur tuman sudining qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 2-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabini bir yil davomida takroran bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilgan va unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

“Holat bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ochilib, sud qarori chiqqan ekan, unga huquqiy baho berish alohida jarayonni talab qiladi. Buning uchun sud hujjatiga nisbatan tegishli tartibda shikoyat berilishi shart”, deyiladi sud organining rasmiy bayonotida.

Shuningdek, Toshkent shahar sudlari huquqbuzarlikda ayblangan shaxsga sud qarori ustidan shikoyat kiritish tartibi va muddatlari tushuntirilganini, biroq hozirgi vaqtga qadar sudga bu borada hech qanday shikoyat kelib tushmaganini qo‘shimcha qildi.

  • #Abdurahmon Tashanov
  • #“Eski Jo‘va”
  • #qamoq
  • #Abdulla Aripov
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#Siyosat

Turkmaniston bilan 3 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

19-noy, 13:00
#O‘zbekiston

Nukusda zararli APK fayllar orqali qariyb 1 mlrd so'm o'zlashtirgan “Sanjik” va uning sheriklari ushlandi

19-noy, 12:52
#O‘zbekiston

Rayhon, “Ummon” va G‘aybulla Tursunovning konsert e’lonlarida qonunbuzilishi aniqlandi

19-noy, 11:50
#Jamiyat

“Kokosh”ga nega ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganiga izoh berildi

19-noy, 11:43
#Jamiyat

“Son ortidan quvish kerak emas”. Prezident “Yashil makon”da bahorda ekilgan ko‘chatlarning uchdan biri nobud bo‘lganini tanqid qildi

19-noy, 10:10
#Jamiyat

O‘zbekistonda 2026 yilda baxtsiz hodisalar oqibatida 231 kishi vafot etdi

19-noy, 09:42

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

“Eski Jo‘va” bozorida Bosh vazirga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan sotuvchi 3 sutkaga qamaldi

Huquq faoli Abdurahmon Tashanov Bosh vazir Abdulla Aripovning “Eski Jo‘va” bozoriga tashrifi oldidan shikoyat qilmoqchi bo‘lgan sotuvchi olib ketilib, 3 sutkaga qamalganini ma’lum qildi, Toshkent shahar sudlari esa fuqaro IIO xodimining talabini bajarmagani uchun jazolanganini bildirdi.

19-noy, 13:09
#O‘zbekiston

Nukusda zararli APK fayllar orqali qariyb 1 mlrd so'm o'zlashtirgan “Sanjik” va uning sheriklari ushlandi

19-noy, 12:52
#O‘zbekiston

Rayhon, “Ummon” va G‘aybulla Tursunovning konsert e’lonlarida qonunbuzilishi aniqlandi

19-noy, 11:50

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Eski Jo‘va” bozorida Bosh vazirga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan sotuvchi 3 sutkaga qamaldi

19-noy, 13:09
#Siyosat

Turkmaniston bilan 3 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

19-noy, 13:00
#O‘zbekiston

Nukusda zararli APK fayllar orqali qariyb 1 mlrd so'm o'zlashtirgan “Sanjik” va uning sheriklari ushlandi

19-noy, 12:52
#O‘zbekiston

Rayhon, “Ummon” va G‘aybulla Tursunovning konsert e’lonlarida qonunbuzilishi aniqlandi

19-noy, 11:50
#Jamiyat

“Kokosh”ga nega ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganiga izoh berildi

19-noy, 11:43
#Jamiyat

“Son ortidan quvish kerak emas”. Prezident “Yashil makon”da bahorda ekilgan ko‘chatlarning uchdan biri nobud bo‘lganini tanqid qildi

19-noy, 10:10
Yana koʻrsatish