Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Rieltorlar uchun malaka sertifikati va Yagona reyestr talabi belgilandi

8-avg, 11:34
O‘zbekistonda rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. Hujjat bilan rieltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlarnin…

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. Hujjat bilan rieltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlarning faoliyati, mijozlarning huquq va majburiyatlari, xizmat ko‘rsatish shartnomalariga qo‘yiladigan talablar hamda ko‘chmas mulk haqida axborot olish tartibi belgilandi.

Qonunga ko‘ra, rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi. Rieltor bo‘lish uchun talabgor maxsus o‘qitish dasturidan o‘tib, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi kerak. Unga professional jamoat birlashmasi tomonidan shtrix-kodli malaka sertifikati beriladi.

Rieltorlik tashkiloti va ko‘chmas mulk bo‘yicha agent o‘zi haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilganidan keyingina faoliyat yuritishi mumkin. Rieltor esa tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘lishi va rieltorlik tashkiloti tarkibida ishlashi lozim.

Rieltorlik xizmatlari ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq bitimlarda vositachilik qilish, obyektlar va ularga bo‘lgan huquqlar savdosini tashkil etish, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish, shuningdek, axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatishni qamrab oladi.

Bunda rieltorlik tashkilotlari mazkur xizmatlarning barchasini ko‘rsatishi mumkin. Ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar esa faqat axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatadi.

Ko‘chmas mulkni sotish, ijaraga berish, garovga qo‘yish, ayirboshlash yoki hadya qilish kabi bitimlarda vositachilik buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Rieltorlik tashkiloti bunday bitimning bevosita tomoni bo‘la olmaydi.

Shuningdek, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar savdosini, jumladan, elektron savdolarni tashkil etishi mumkin. Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish ham rieltorlik xizmatlaridan biri bo‘lib, u mulkdor yoki u ko‘rsatgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.

Yangi tartib rieltorlarga ko‘chmas mulk haqida davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ma’lumot olish imkonini ham beradi. Buning uchun rieltorlik so‘roviga xizmat ko‘rsatish shartnomasi hamda mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

So‘rov orqali ko‘chmas mulkning davlat reyestridagi ma’lumotlari, obyekt bo‘yicha soliq va kommunal qarzdorlik, manzilda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq mavjudligi yoki obyekt xatlangan-xatlanmagani haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

Bu borada rieltorlik tashkilotlarining imkoniyatlari ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlarnikidan kengroq. Agentlar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar hamda obyekt bo‘yicha soliq qarzdorligi bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

Davlat siri, xizmat doirasida foydalaniladigan axborot, shaxsga doir ma’lumotlar yoki uchinchi shaxslarning huquqlariga daxldor ma’lumotlarni taqdim etish rad etilishi mumkin. Bunday rad javobi ustidan yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, sudga shikoyat qilish mumkin.

Rieltorlik xizmatlari bo‘yicha shartnomada xizmat turi, rieltorning malaka sertifikati, professional jamoat birlashmasiga a’zoligi va fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash polisi haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Unda xizmat muddati, haq miqdori va to‘lash tartibi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarlik hamda shartnomani bekor qilish shartlari ham ko‘rsatiladi.

Mijoz rieltorlik tashkilotidan ushbu hujjat va ma’lumotlarni talab qilish, xizmatlarning bajarilishi haqida axborot olish hamda shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda uni bekor qilishni so‘rash huquqiga ega. Shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilishi mumkin.

Huquqlari buzilgan mijoz vakolatli davlat organlari, professional jamoat birlashmalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar yoki sudga murojaat qilishi mumkin.

Rieltorlik tashkiloti yoki ko‘chmas mulk bo‘yicha agent xizmatlar bajarilganini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirib, xizmatga tegishli hujjatlarni buyurtmachiga topshirishi kerak. Bunda ko‘chmas mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari ham hisobga olinadi. Ularning huquqlari buzilgan yoki mulkiy va ma’naviy zarar yetkazilgan taqdirda, zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

Bundan tashqari, xususiy sektor tomonidan multilisting tizimi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Tizim rieltorlik xizmatlarini muddatli shartnomalar asosida “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish va elektron shaklda ishonchli axborot almashish imkonini beradi.

Qonunchilik talablarini buzgan rieltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish