Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Reklama

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda yangi biznesni kim va qanday qo‘llab-quvvatlaydi? Prezident farmonlari

28-iyl, 10:41

Atigi besh yil oldin O‘zbekistonda yangi biznes ochish – haftalab davom etadigan qog‘ozbozlik, o‘nlab imzo va muhr, cheksiz boshqaruv to‘siqlari demak edi. Bugun esa rasm tubdan o‘zgardi.

So‘nggi besh yilda kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘paydi. Ularda 10 million 500 ming odam – jami band aholining 74 foizi daromad topib, ro‘zg‘or tebratmoqda. Iqtisodiyot hajmining yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga to‘g‘ri kelyapti.

Bu o‘zgarishning ortida – Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi yillarda imzolagan bir qator strategik farmon va qarorlari yotadi. Ushbu maqolada biz eng muhim hujjatlar tahliliga harakat qilamiz.

1. “Yoshlar va biznes yili” – 2024-yil (PF-37, 2024-yil 21-fevral)

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-sonli Farmon 2024-yil 21-fevralda imzolandi. Bu farmon yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar ro‘yxatini belgiladi va keyingi yillardagi keng qamrovli islohotlar uchun zamin hozirladi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish belgilandi. Yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish topshirildi.

2. Kichik va o‘rta biznes farmoni (PF-50, 2025-yil 19-mart)

2025-yil 19-martda Prezident Mirziyoyev kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida imzolangan farmon – eng muhim hujjatlardan biri bo‘ldi.

Iqtisodiyotda kichik biznes ulushini 55 foizga ko‘tarib, 70 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish; yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standartiga ko‘maklashib, kichik biznes eksportini o‘tgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish; ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 marta oshirish; 1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish asosiy maqsad etib belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, UzVC venchur fondi, Biznesni rivojlantirish banki va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasiga venchur fondlari bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar kamida 200 ta startap loyihasini amalga oshirishni ta’minlash topshirildi.

2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 120 trillion so‘m, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 22 trillion so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratildi.

O‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladigan bo‘ldi.

3. “Oltin viza” va investitsiya farmoni (PF-67, 2025-yil 18-aprel)

PF-67-sonli Farmon investitsiyalarni jalb qilish, eksportni qo‘llab-quvvatlash va raqamlashtirish orqali iqtisodiy o‘sish strategiyasini shakllantiradi. Asosiy arizachi uchun 250 ming AQSh dollari va oila a’zosi uchun 150 ming AQSh dollari to‘lovlar evaziga beriladigan oltin viza kapital oqimini soddalashtiradi.

Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchi korxonalarga grantlar ajratish va ustuvor tarmoqlardagi – mashinasozlik, to‘qimachilik – ishlab chiqaruvchilarga imtiyozli kreditlar berish choralari joriy etilmoqda.

4. V Ochiq Muloqot farmoni – 270 trillion so‘m (2025-yil 20-avgust)

2026-2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish uchun jami 270 trillion so‘m yo‘naltirilsin, xususan: erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion so‘m; drayver loyihalar doirasida 5 trillion so‘m; tanlab olingan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish dasturlari uchun 6 trillion so‘m.

Tadbirkorlar bilan bo‘layotgan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev muhim yangilikni e’lon qildi: 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi. Natijada hozirda 1 haftagacha cho‘ziladigan jarayon atigi 15 daqiqada yakunlanadi.

2026–2027-yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 5 mingta loyihani moliyalashtirish uchun 4 trillion so‘m ajratadi. Loyihalar kichik va o‘rta biznes uchun arzon kreditlar va foiz kompensatsiyalari ko‘rinishida beriladi.

5. Startap ekotizimi qaror (PQ-59, 2026-yil 11-fevral)

Bu – startaplar uchun maxsus ishlab chiqilgan eng keng qamrovli hujjat. 2026-yil 13-fevraldan kuchga kirdi. Startap g‘oyasini shakllantirish, startap loyihasini ishlab chiqish, ishga tushirish va kengaytirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

2026-2027 yillarda to‘rt bosqichli startap ekotizimini moliyalashtirish uchun 160 mln AQSh dollari va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, jumladan: Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” venchur jamg‘armasiga 10 mln AQSh dollari; Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 30 mlrd so‘m; “UzVC” milliy venchur fondiga respublika byudjeti hisobidan 2026-2027 yillarda 100 mlrd so‘m.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkaziladi. O‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan startaplarga IT Park huzurida tashkil etilgan xizmat orqali 12 oygacha bepul soliq, moliyaviy maslahat va yuridik yordam ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston bugun Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan texnologiya va biznes ekotizimlari markaziga aylanib bormoqda.

Biroq tijorat banklari, davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy resurslarning kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyatiga ta’sirida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi, foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi va garov ta’minoti bilan bog‘liq muammolar hali hamon uchrab turishiga ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘p guvoh bo‘lamiz.

Reklama

Shuningdek oʻqing

#Sport

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston termasi Toshkentda Suriyaga qarshi maydonga tushadi

15-sen, 17:43
#Jamiyat

Farg‘onada bajarmagan ishi uchun 283 tonna asfaltni “qo‘shib yozgan” mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

15-sen, 17:13
#Sport

Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempionligi uchun bahslashadi

15-sen, 17:09
#Jamiyat

Bank kartangiz bloklansa, sababini bilish uchun endi Markaziy bankka borish shart emas

15-sen, 17:00
#Jamiyat

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda

15-sen, 16:36
#O‘zbekiston

O‘zbekistonga 8 oyda 9 milliondan ortiq turist keldi

15-sen, 15:18

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

O‘zbekistonga 8 oyda 9 milliondan ortiq turist keldi

15-sen, 15:18
#O‘zbekiston

Tijorat va islomiy banklar uchun yangi talablar belgilandi

15-sen, 15:06
#O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva urbanistlar bilan Toshkentdagi qurilishlar va infratuzilma inqirozini muhokama qildi

15-sen, 14:42

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Qashqadaryoda ham ekopolitsiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

12-sen, 11:47
#Jamiyat

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi

9-sen, 14:45
#Jamiyat

“To‘yning ertasi kuniyoq tillalarni kuyovning oilasiga berganman”. Turkiyada tillalarni olib qochganlikda ayblangan o‘zbeksitonlik kelin izoh berdi

9-sen, 12:12
#Jamiyat

Chorvoq fojiasi: suv omborida cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illarning barchasining jasadi topilib, qutqaruv yakunlandi

10-sen, 15:25
#Dunyo

Rasmiy Toshkent Saudiya Arabistoniga qilingan raketa va dron hujumlarini keskin qoraladi

13-sen, 08:35
#Dunyo

Rossiya Adliya vaziri MDHda mahkumlarni vataniga topshirishni soddalashtirishni taklif qildi

11-sen, 15:18
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli