Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar eng ko‘p Toshkent  shahrida qayd etildi

24-iyl, 17:53
Avvalroq, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda OIV bilan yashayotganlar soni 52 ming 269 nafarni tashkil etishi xabar qilingan edi. Respublika bo‘…

Avvalroq, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda OIV bilan yashayotganlar soni 52 ming 269 nafarni tashkil etishi xabar qilingan edi. Respublika bo‘yicha har 100 ming aholiga 137,5 nafar OIV bilan yashovchi to‘g‘ri keladi. Eng yuqori ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (314,6) qayd etilgan bo‘lib, mamlakatdagi OIV bilan yashovchilarning 23 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda OITSga qarshi kurashish markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bo‘lgan Portal24.uz muxbiri xabar berdi.

Hududlar kesimida eng past ko‘rsatkichlar Navoiy (51,8), Qoraqalpog‘iston (57,1), Qashqadaryo (62,6) va Jizzax (65,8) viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, Toshkent shahri (314,6), Toshkent (238), Andijon (218,9) va Sirdaryo (212,6) hududlarida OIV bilan yashovchilar nisbati respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori bo‘lib qolmoqda.

2020-yil bilan taqqoslaganda Toshkent shahrida ko‘rsatkich kamaygan bo‘lsa, Xorazm, Farg‘ona, Namangan va Jizzax viloyatlarida o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Shu bois ushbu hududlarda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va dispanser nazoratini qayta ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi.

OIV bilan kasallanish dinamikasi

2025 yilda O‘zbekistonda OIV infeksiyasining 3 ming 607 ta yangi holati qayd etildi. Bu 2024 yilga nisbatan 7,4 foizga kamdir. 2025-yilda har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan kasallanish ko‘rsatkichi 9,6 tani tashkil etdi.

Tahlillarga ko‘ra, 2013 yilda OIV bilan kasallanishning eng yuqori – 4 ming 247 ta holati qayd etilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, 2020-yildan buyon kasallanish ko‘rsatkichlari pasayish tendensiyasini namoyon etmoqda.

OIVga tekshiruvdan o‘tayotgan asosiy guruhlar

2025-yilda OIV infeksiyasiga 6 million 295 ming 381 nafar fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruvdan o‘tganlarning 80,6 foizi umumiy aholi, 18,4 foizi migrantlar, 0,92 foizi esa xavf guruhlariga mansub shaxslardan iborat bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruvdan o‘tganlar tarkibida umumiy aholi ulushi eng katta bo‘lib qolmoqda, xavf guruhlarining ulushi esa bir foizdan kamni tashkil etganю

Asosiy guruhlar orasida OIV aniqlanishi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, OIV infeksiyasi xavf guruhiga mansub shaxslarning 0,48 foizida, migrantlarning 0,11 foizida hamda umumiy aholi vakillarining 0,04 foizida aniqlangan. Tahlillarga ko‘ra, xavf guruhlari orasida OIV aniqlanish darajasi umumiy aholi ko‘rsatkichidan qariyb 12 barobar yuqori bo‘lib qolmoqda.

OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari o‘zgarmoqda

2025 yil yakunlariga ko‘ra, OIV infeksiyasining 79,7 foizi jinsiy yo‘l orqali yuqgan. Parenteral (qon orqali) yuqish ulushi 10,8 foizni, vertikal (onadan bolaga) yuqish esa 0,5 foizni tashkil etdi. Ko‘p yillik tahlillar OIVning yuqish yo‘llari tarkibi sezilarli o‘zgarganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda kasallik asosan jinsiy yo‘l orqali yuqmoqda, qon orqali yuqish esa yildan-yilga kamayib bormoqda.

OIV bilan yashovchilar orasida erkaklar ulushi yuqori

2025 yil holatiga ko‘ra, OIV bilan yashayotganlarning 64,1 foizini erkaklar, 35,9 foizini esa ayollar tashkil etmoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2009–2021 yillar oralig‘ida erkaklar va ayollar ulushi nisbatan tenglashgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda erkaklar ulushi yana ortish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.

Bolalar orasida OIV bilan kasallanish keskin kamaydi

2025 yilda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida OIV infeksiyasining 95 ta yangi holati qayd etildi. Bu 2013 yildagi eng yuqori – 746 ta holatga nisbatan 87 foizga kamdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, onadan bolaga OIV yuqishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktika va davolash choralari bolalar o‘rtasida kasallanishni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodi…
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ta’mirlash vaqtida fazalararo qisqa tutashuv sabab yuz bergan, transformator punkti va xodim “Hududiy elektr tarmoqlari” balansiga tegishli emas.

27-okt, 17:27
Shahrisabz tumanida “VAZ-2105” rusumli avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urilishi oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan haydovchi shifoxonada vafot etdi. Holat yuza…
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
2026-yil 24-oktyabrga o‘tar kechasi Uchtepa tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uyda yashagan 26 yoshli ayol jasadi topilgan, hodisa yuzasidan qasddan…
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish