Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi Yangi Toshkentga ko‘chiriladi. Ijodkorlar Navoiy adabiyot muzeyini joyida qoldirishni so‘ramoqda

7-iyl, 21:12
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan yangi binoga ko‘chiriladigan bo‘ldi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot …

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan yangi binoga ko‘chiriladigan bo‘ldi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Muzeyning amaldagi binosidan ko‘chirilayotgani haqidagi xabarlar tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fanlar akademiyasi tushuntirish berishicha, ushbu jarayon madaniy merosga zarar yetkazishga emas, aksincha, noyob qo‘lyozma va arxiv materiallarini yanada ishonchli sharoitda saqlash hamda raqamlashtirishga qaratilgan.

Yangi bino foydalanishga topshirilgunga qadar muzey fondlari vaqtinchalik saqlash uchun quyidagi muassasalarga ko‘chirilmoqda:

• Qo‘lyozma va toshbosma manbalar hamda “O‘zbekiston yozuvchilari va shoirlari arxivi” fondi – • • Islom sivilizatsiyasi markaziga;

• Boshqa eksponatlar — Fanlar akademiyasining Antropologiya institutiga.

Ma’lum qilinadiki, 2026-yil 9-iyun kuni muzeydagi 847 dona nodir qo‘lyozma manba Islom sivilizatsiyasi markazining maxsus xonalariga joylashtirilgan. Muzey rahbari Jabbor Eshonqul 1934-yilda qurilgan bino 1968-yildan buyon kapital ta’mir ko‘rmaganini eslatib, kelajakda hozirgi bino muzey filiali sifatida saqlab qolinishi imkoniyati mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Ijodkorlarning e’tirozi va Prezidentga murojaat

Shunga qaramay, bir qator ijodkorlar muzeyning ko‘chirilishiga keskin qarshi chiqmoqda. Xususan, shoira Tillaniso internetda #muzayjoyidaqolsin xeshtegi ostida norozilik aksiyasini boshladi. Jurnalist Rahimjon Rahmat esa muzey ashyolarini ko‘chirayotganlarni keskin tanqid qilib, ularni madaniy merosni vayron qiluvchi "Tolibon" harakatiga mengzadi.

“Negadir Navoiy xaykali yonidan ketgim kelmadi. Yaqinda xaykalni ham boshqa joӣga ko‘chirishsa kerak. Muzeyning shuvog‘ini ko‘chirayotganlar tolibon emasmikan deb yaqinroq bordim. Yo‘q. O‘zimizikilar ekan”, degan u.

Yozuvchi Shukur Jabbor esa Facebook sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq murojaat yo‘lladi. U Adabiyot muzeyi parokanda bo‘lish va tarix sahnasidan yo‘qolib ketish xavfi ostida qolganini ta’kidladi.

“Bu muzey 1968-yildan buyon ta’mirlanmagani mayli, eng dahshati – ayni paytda tarix sahnasida yashashi xavf ostida qolmoqda! O‘zi shu vaqtgacha ta’mirlanmagani, shart-sharoit yaratilmagani uchun 70 000 ga yaqin noyob ashyo xavf ostida qolgan edi. Endi esa bu xavf bugun yanada kuchaygan”, deyiladi Shukur Jabborning murojaatida.

Muzey fondida o‘zbek mumtoz adabiyoti durdonalari, jumladan, Alisher Navoiyning “Xamsa” qo‘lyozmasi, miniatyuralar, shuningdek, Bobur, Jomiy, Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Nodira va Uvaysiy kabi o‘nlab adiblarga oid nodir eksponatlar hamda XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini yorituvchi 200 dan ortiq ko‘rgazmalar saqlanadi.

Yozuvchi o‘z murojaatida Prezidentning 2026-yil 1-iyundagi madaniyat va adabiyot sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid farmonini hamda Adiblar xiyobonidagi tashabbuslarini eslatib, davlat rahbaridan muzey taqdiriga e’tibor qaratishni va uni saqlab qolishni so‘radi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish