Olimlar inson miyasi hujayralarini yorug‘lik orqali boshqarish imkonini beruvchi kashfiyoti uchun Nobel oldi

Nufuzli mukofot amerikalik olim Karl Deysserot hamda germaniyalik tadqiqotchilar Peter Hegemann va Georg Nagelga topshiriladigan bo‘ldi. Olimlar yorug‘lik bilan boshqariladigan ion kanallari hamda optogenetika sohasidagi inqilobiy kashfiyotlari uchun ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishdi.
Optogenetika usuli asab hujayralari faoliyatini yorug‘lik to‘lqinlari yordamida nazorat qilish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda bu texnologiya miya faoliyatini chuqur o‘rganish va turli asab tizimi kasalliklarini tadqiq etishda keng qo‘llanilmoqda. Boshqa tarafdan, ushbu usul insonlarning ko‘rish qobiliyatini tiklash bo‘yicha o‘tkazilayotgan klinik sinovlarda ham amaliy natijalar ko‘rsatmoqda.
Olimlarga topshiriladigan 12 million Shvetsiya kronasi (taxminan 1,2 million AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti uch tadqiqotchi o‘rtasida teng taqsimlanadi. Belgilangan tartibga ko‘ra, Nobel haftaligi doirasida fizika, kimyo, adabiyot, tinchlik va iqtisodiyot yoYo‘nalishlaridagi g‘oliblar oktyabr oyining o‘rtalariga qadar e’lon qilib boriladi, rasmiy taqdirlash marosimi esa 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.








