Dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish 73 yoshdan oshdi, ammo demensiyadan o‘lim 3 baravarga ko‘paydi

Unda keltirilishicha, dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetib, pandemiya davridan oldingi darajaga yaqinlashgan.
Hisobotda Altsgeymer va boshqa demensiya kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda keskin oshgani alohida qayd etilgan. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu xastalik global miqyosda eng ko‘p o‘limga olib keluvchi 5-asosiy sababga aylandi. Shuningdek, depressiv buzilishlar ulushi ham 20 foizga ko‘paygani kuzatilgan.
Tahlillarga ko‘ra, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning umumiy o‘lim strukturasidagi ulushi 2000-yildagi 58 foizdan 2023-yilga kelib 74 foizga yetgan. Shu bilan birga, insonlarning sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichi 62,8 yoshni tashkil etmoqda.
JSST ushbu salbiy tendensiyalarning oldini olish uchun ruhiy salomatlik va profilaktika ishlariga ko‘proq resurs ajratish zarurligini ta’kidlaydi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 75,4 yoshni tashkil etadi hamda uni 78 yoshga yetkazish rejalashtirilgan.








