O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiulishini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22–23-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24–28-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–25-noyabrda 2-7 daraja iliq, 26-noyabrda 0-5 daraja iliq, 27–28-noyabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 21-23 va 25 noyabrda 13-18 daraja iliq, 24-noyabrda 10-15 daraja iliq, 26 noyabrda 7-12 daraja iliq, 27–28-noyabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22–28-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21–23-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-noyabrda 8-13 daraja iliq, 22–23-noyabrda 9-14 daraja iliq, 24-noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 25–28-noyabrda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 21-noyabrda 17-22 daraja iliq bo‘ladi, 22–23-noyabrda 22-27 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 24–28-noyabrda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22-28 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–24-noyabrda 9-14 daraja iliq, 25–28-noyabrda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 21 va 25–26-noyabrda 17-22 daraja iliq, 22–23-noyabrda 20-25 daraja iliq, 24-noyabrda 15-20 daraja iliq, 27–28-noyabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21 noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22–28-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21–23-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–24-noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 25–28-noyabrda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi, 24–25 noyabrda kunduzi 18-23 daraja iliq, 22–23-noyabrda 23-28 daraja iliq bo‘ladi, 26–28-noyabrda 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–27-noyabrda 2-7 daraja iliq, 28-noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 21–26-noyabrda 13-18 daraja iliq bo‘ladi, 27–28-noyabrda 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21–27-noyabrda kechasi 2–7-daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi, 28-noyabrda kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.







