O‘zbekiston xalqaro maydonda qanchalik ta’sirga ega?

Dunyo bo‘yicha 100 ta davlat kiritilgan ro‘yxatda O‘zbekiston 71-pog‘onadan joy oldi. Markaziy Osiyo mintaqasidan reytingga kiritilgan Qozog‘iston esa 34-o‘rinni egallagan.
Xalqaro ta’sir darajasini baholashda mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy salmog‘i, harbiy salohiyati hamda jahon sahnasidagi o‘rni asosiy mezon qilib olingan. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Xitoy egalladi, keyingi yetakchi o‘rinlarni esa AQSH va Hindiston band etdi. Kuchli o‘ntalikka Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Fransiya kabi rivojlangan davlatlar kirdi.
O‘zbekiston jadvalda Norvegiya, Armaniston, Urugvay va Gruziya kabi mamlakatlarni ortda qoldirgan. Mintaqaning boshqa davlatlari – Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ushbu 100 talik ro‘yxatga guruhlanmagan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, mazkur reyting aholining turmush darajasi yoki ijtimoiy farovonlikni emas, balki davlatning xalqaro qarorlar va global jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini aks ettiradi.







