O‘zbekiston bir oyda 8 tonna oltin sotib olib, dunyoda 2-o‘ringa chiqdi

Ushbu ko‘rsatkich bilan respublika xalqaro reytingda Polsha bilan bir xil pog‘onani band etib, ikkinchi o‘ringa joylashdi.
Avgustdagi oltin xaridi bo‘yicha faqatgina 20 tonna qimmatbaho metall xarid qilgan Xitoy yetakchilikni o‘zida saqlab qoldi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekiston tomonidan sotib olingan oltinning umumiy miqdori qariyb 50 tonnani tashkil etdi. Amalga oshirilgan xaridlar natijasida respublikaning umumiy oltin zaxiralari hajmi 439 tonnaga yetdi.
Hozirgi vaqtda mamlakat xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismini, ya’ni qariyb 90 foizini aynan ushbu qimmatbaho metall tashkil etmoqda. Oltin xaridining o‘sishi milliy zaxiralar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.









