Markaziy bank tadbirkorlar uchun kredit portfelini 2030-yilgacha ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

25 ta tashabbusni qamrab olgan ushbu hujjatda amaldagi 218 trillion so‘mlik kredit portfelini ikki baravarga ko‘paytirish hamda ajratilayotgan kreditlarning YAIMdagi ulushini 12 foizdan 20 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda mamlakatdagi kichik korxonalarning bor-yo‘g‘i 10 foizi, o‘rta korxonalarning esa 16 foizi bank kreditlaridan foydalanmoqda. Vaholanki, ushbu tarmoq YALPI ichki mahsulotning 50,5 foizini, chakana savdoning 80 foizdan ortig‘ini hamda eksportning deyarli yarmini ta’minlamoqda. Shu sababli yangi davrda kreditlash jarayonlarida davlat moliya institutlari ulushini kamaytirib, nobank kredit tashkilotlari hamda xususiy sektor ishtirokini oshirish belgilangan.
Rejaga muvofiq, onlayn mikrokreditlarning ulushi 60 foizga yetkazilib, mablag‘ ajratish vaqti bir soatgacha qisqartiriladi. Shuningdek, an’anaviy garov ta’minoti va kredit tarixi yetarli bo‘lmagan tadbirkorlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish tartibi soddalashtiriladi.
Dastur dastlab pilot rejimida amalga oshirilib, bozor sharoitidagi o‘zgarishlar va erishilgan ko‘rsatkichlar asosida har yili qayta ko‘rib chiqiladi hamda takomillashtirib boriladi.









