Markaziy bank qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 8 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

Qo‘mita oy davomida o‘tkazilgan 8 ta yig‘ilishda kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid jami 37 ta masalani ko‘rib chiqqan. Muhokamalarning 21 tasi ro‘yxatga olish va litsenziya berish jarayonlariga daxldor bo‘lsa, 16 ta masala kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, prudensial me’yorlar va Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Shu bilan birga, bank sektori uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi talablar joriy etilmoqda. Oktyabr oyi boshida tijorat banklaridan amaldagi omonat shartnomalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va noqonuniy shartlarni olib tashlash talab qilingan edi.
Bundan tashqari, 2027-yil 10-yanvardan e’tiboran banklar kredit yoki kafillik qarzdorligini mijoz kartasidan avtomatik yechib olayotganda, fuqaroning hisobvaraqlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida yarmi saqlanib qolishi shart bo‘ladi. Hozirgi ko‘rsatkich bo‘yicha ushbu daxlsiz summa kamida 680 ming so‘mni tashkil etadi.









