Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

14-okt, 15:44
Do‘kon, bozor va supermarketlardagi arzonlashtirilgan narxlar — chegirmalar xaridor uchun rostdan ham foydalimi? Keling, tushuntiramiz.

Do‘kon, bozor va supermarketlardagi arzonlashtirilgan narxlar — chegirmalar xaridor uchun rostdan ham foydalimi? Keling, tushuntiramiz.

Chegirma sizga foyda keltirayotgandek ko‘rinsa-da, do‘kon uchun u, avvalo, savdoni oshirish vositasi. Masalan, ommabop mahsulot arzon narxda taklif qilinadi, xaridor esa uni olish uchun do‘konga kirib, yo‘lda yana bir nechta mahsulotni savatiga qo‘shadi. Natijada bitta mahsulotdagi chegirma boshqa xaridlar hisobidan qoplanishi mumkin. Online do‘konlarda ham xuddi shunday. Online do‘konga kirganingizda bir emas bir nechta mahsulotni olganingizni o'zingiz bilmay qolasiz.

Biz tez-tez qarshilashadigan “Ikkitasini oling, uchinchisi bepul” kabi takliflar ham ko‘proq xarid qilishga undaydi. Bunda mahsulotning birlik narxi pasayishi mumkin, ammo taklif faqat uchta mahsulot olganda amal qiladi. Agar xaridorga aslida bittasi kerak bo‘lsa, qolgan ikkitasi uchun sarflangan pul tejamkorlik hisoblanmaydi.

Shuningdek, “Faqat bugun”, “oxirgi uch dona” kabi yozuvlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Vaqt yoki mahsulot soni cheklangani haqidagi taassurot odamga narxlarni solishtirish va xarid rostdan ham kerakmi, deb o‘ylash uchun kamroq imkon beradi. Shuning uchun bunday vaziyatda shoshmasdan, taklif shartlarini yana bir tekshirsangiz cho‘ntagingiz uchun yanayam foydali bo‘ladi.

Chizib qo‘yilgan eski narx ham mahsulotning avval uzoq vaqt shu narxda sotilganini anglatmasligi mumkin. U tavsiya etilgan narx yoki qisqa muddat amal qilgan narx bo‘lishi ehtimol. Shuning uchun chegirma foiziga emas, mahsulotning hozirgi narxiga va uning kilogramm yoki litr hisobidagi qiymatiga qarash ma’qul. Birlik narxi turli hajmdagi qadoqlarni solishtirishga yordam beradi.

Xaridni rejalash uchun do‘konga ro‘yxat bilan borish foydali: ro‘yxatdagi mahsulotga chegirma tushsa, bu tejamkorlik bo‘lishi mumkin; ro‘yxatda yo‘q va kerak bo‘lmagan mahsulot esa, arzonlashgan taqdirda ham, qo‘shimcha xarajatdir. Yirik xarid bo‘lsa, qarorni bir kunga kechiktirib, mahsulot ertasi kuni ham kerak bo‘ladimi, deb o‘ylab ko‘rish mumkin. Tez buziladigan mahsulotlarni ortiqcha olish ham foyda bermaydi — ishlatilmay qolib tashlansa, “chegirma” xarajatga aylanadi.

Xulosa qilib aytganda, chegirma har doim ham tejash degani emas. Eng foydali xarid — chegirmadagisi emas, rostdan ham kerak bo‘lgani. Aks holda, do‘kon bizga “tejadingiz” degan hissiyot beradi, hamyonimiz esa boshqacha hisob-kitob qiladi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti
#Siyosat

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti

14-okt, 16:47
“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

14-okt, 16:15
Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
Noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv narxi 30 foizga oshishi kutilmoqda
#Jamiyat

Noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv narxi 30 foizga oshishi kutilmoqda

14-okt, 14:32
Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi
#Iqtisodiyot

Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi

14-okt, 13:09
Qashqadaryoda sel Damasni oqizib ketdi. oqibatda bir kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Qashqadaryoda sel Damasni oqizib ketdi. oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

14-okt, 12:04

Kun tanlovi

Chegirma har doim ham pulni tejash deganimi? Ba’zan arzon mahsulot deb kirib, savatni to‘ldirib chiqamiz. Xaridni foydali qilish uchun chegirma foizidan oldi…
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

Chegirma har doim ham pulni tejash deganimi? Ba’zan arzon mahsulot deb kirib, savatni to‘ldirib chiqamiz. Xaridni foydali qilish uchun chegirma foizidan oldin mahsulot bizga rostdan ham kerakmi, deb o‘ylab ko‘rish kerak.

14-okt, 15:44
Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi
#Iqtisodiyot

Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi

14-okt, 13:09
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar (JAET) reyestri yangilandi.
#Iqtisodiyot

O‘zbekistonda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestri kengaytirilib, ularning soni 449 taga yetkazildi

14-okt, 11:30

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Siyosat

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakillari bilan Samarqandga kelyapti

14-okt, 16:47
#O‘zbekiston

“Bo‘sh vaqti umuman bo‘lmaydi”: FVV navbatchi guruhlari yong‘insiz kunlari nima bilan shug‘ullanadi?

14-okt, 16:15
#O‘zbekiston

Samolyotda bort ekipaji talabiga bo‘ysunmagan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi mumkin

14-okt, 15:50
#Iqtisodiyot

Chegirmalar rostdan ham pulimizni tejaydimi?

14-okt, 15:44
#Jamiyat

Noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv narxi 30 foizga oshishi kutilmoqda

14-okt, 14:32
#Iqtisodiyot

Xakerlar Dodo pizza tarmog‘ining ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritib, uni darknetda 100 ming dollarga sotib yubordi

14-okt, 13:09
Yana koʻrsatish