Banklar kredit qarzdorligini avtomatik yechganda mijoz kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirishga majbur bo‘ladi

Amaldagi MHTEKM ko‘rsatkichi 1 million 360 ming so‘m ekanini inobatga olganda, ushbu saqlanadigan minimal summa 680 ming so‘mni tashkil etadi va MHTEKM o‘zgarishi bilan ushbu norma ham mos ravishda o‘zgarib boradi.
Yangi tartib kredit majburiyatini kamaytirmaydi, balki banklarning avtomatik undiruv mexanizmiga cheklov qo‘yish orqali mijoz kartasidagi barcha mablag‘ to‘liq yechib olinishining oldini oladi. Avvalroq, 2025-yil oktyabrida banklarga qarzdorlikni ijtimoiy nafaqalar va yordam pullari hisobidan undirish hamda kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddatdan ilgari to‘lovni talab qilish taqiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil aprel oyida UZCARD tizimida ham akseptsiz yechib olish operatsiyalarida 3 BHM miqdorida kamaytirilmaydigan qoldiq qoidasi joriy qilingan edi. Markaziy bankning ushbu yangi qarori esa tijorat banklarining iste’molchilar bilan munosabatlariga qo‘yiladigan rasmiy normativ talab sifatida kuchga kiradi.









