Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

© 2026 Portal24. Barcha huquqlar himoyalangan.

Sayt materiallaridan foydalanilganda portal24.uz saytiga havola berish majburiy.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Yangi kiyimni yuvmasdan kiyish xavflimi?

13-okt, 15:24·Muallif: Javohir Qadamov
Yangi kiyimni yuvmasdan kiyish xavflimi?

Tan olaylik, hayotimizda hech bo‘lmaganda bir marta do‘kondan olgan kiyimimizni yuvmasdan kiyganmiz. Balki hozir ham shunday qiladiganlar bordir. Bu odat qanchalik zararsiz, yoki kiyimdan xavfli biror narsani yuqtirib olish ehtimoli bormi?

Insonni tashqi muhitdagi xavflardan ishonchli himoya qiladigan vositaga — bu teri. Dermatologlarning fikriga ko‘ra, odatda terimizda turli “mavjudotlar” — viruslar, bakteriyalar va hatto zamburug‘lardan iborat katta bir jamoa yashaydi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchi yangi mikroorganizmlarning teriga kirishiga deyarli yo‘l qo‘ymaydi. Ya’ni ifloslangan kiyimga tegish orqali tanamizga yangi infeksiya yuqishi ehtimoli juda past.

Gerpes (odatda lab yoki terida pufakchali toshmalar paydo qiladigan virus), stafilokokk (odam terisi va burun shilliq qavatida uchrashi mumkin bo‘lgan bakteriyalar guruhi. Ayrim turlari infeksiya chaqiradi) yoki rotavirus (asosan bolalarda ich ketishi va qusishga sabab bo‘ladigan virus) kabi qo‘zg‘atuvchilar turli yuzalarda bir necha daqiqadan bir necha soatgacha, kamdan-kam hollarda esa bir necha kungacha yashashi mumkin. Biroq ular odatda odamga xavf tug‘diradigan miqdorda bo‘lmaydi.

Nazariy jihatdan, kasallik qo‘zg‘atuvchisi kiyimdan organizmga kirishi uchun terida yara bo‘lishi kerak. Lekin bu ancha katta yoriq bo‘lishi, odam esa kasallangan kishi bilan bevosita aloqada bo‘lishi lozim. Matoga tushgan ter yoki so‘lakning bunday yaraga tegishi ehtimoli esa juda past. Bundan tashqari, masalan, A va B gepatitiga qarshi emlashlar infeksiyalardan ishonchli himoya qiladi.

Inson terisi juda tez tiklanadi va himoya vazifasini yaxshi bajaradi. Shu bois, masalan, metroda odamlar orasida yurganimiz bilan tanamizga toshma toshib ketmaydi. Infeksiyalar terining kuchli himoya to‘sig‘idan o‘tib, qon oqimiga kira olmaydi.

Parazitlar-chi?

Umuman olganda, kiyim almashtirish xonasida yangi kiyim orqali parazit yuqtirib olish ehtimoli deyarli nolga teng. Gijjalar haqida gap ketganda, ular organizmga kirishi uchun odam ularni yutib yuborishi kerak.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ovqatdan oldin qo‘lni yuvish, meva-sabzavotlar, idish-tovoq va anjomlar tozaligiga rioya qilish kabi oddiy ehtiyot choralariga amal qilinsa, parazit yuqtirish xavfi juda past bo‘ladi.

Allergiya haqida nima deyish mumkin?

Allergiya yuz berishi mumkin, ammo bunday holat juda kam uchraydi. Masalan, gulchangga allergiyasi bor odam boshqa kishi kiyib ko‘rgan kiyimdan gulchang tegib, aks ta’sir sezishi mumkin. Lekin buning uchun kiyimga gulchang ko‘p tushgan va u teriga zich tegib turishi kerak. Ba’zi odamlarda sintetik mato yoki kiyim bo‘yog‘i terini qichishtirishi, qizartirishi yoki toshma chiqarishi mumkin. Odatda bu belgilar tezda o‘tib ketadi.

Xulosa qilganda., yangi kiyimdan infeksiya yuqtirish xavfi juda past. Bunda vaqt va muhit muhim: kiyim fabrikadan xaridorgacha yetib kelguniga qadar bir necha oy o‘tishi mumkin. Mato esa g‘ovak va quruq bo‘lgani uchun unda virus hamda bakteriyalar tez nobud bo‘ladi.

  • #allergiya
  • #yangi kiyim
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling
Maqola muallifiJavohir Qadamov#Dunyo
Muallifning boshqa maqolalari

Shuningdek oʻqing

#Dunyo

Afg‘onistondagi maktabda yuz bergan kuchli portlashda kamida 25 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

28-noy, 18:04·Abdurahmon Ergashev
#Dunyo

Rossiyada 2 mingga yaqin migrant soxta nikoh sabab yashash hujjatidan mahrum bo‘ldi

25-noy, 13:07·Behruzbek Mustafoyev
#Dunyo

Janubiy Koreyadagi qamoqxonada saqlanayotgan özbekistonlik mahbuslar holidan xabar olindi

23-noy, 11:13·Muhammadqodir Sobirov
#Dunyo

Sankt-Peterburgda 2027-yildan mehnat migrantlari uchun patent narxi oshiriladi

20-noy, 18:01·Abdurahmon Ergashev
#Dunyo

Kech uxlash umrni qisqartiradimi? 37 yillik tadqiqot nimani ko‘rsatdi?

20-noy, 15:37·E’zoza Olimova
#Dunyo

GTA VI: 13 yillik kutish, rekord daromad va milliard dollarlik shov-shuv

19-noy, 16:56·Javohir Qadamov

Kun tanlovi

#Dunyo

Afg‘onistondagi maktabda yuz bergan kuchli portlashda kamida 25 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

28-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Afg‘onistonning Kunar viloyati markazi Asadobod shahrining Andirsir hududida joylashgan maktabda kuchli portlash sodir bo‘ldi.

28-noy, 18:04·Abdurahmon Ergashev
#Dunyo

Rossiyada 2 mingga yaqin migrant soxta nikoh sabab yashash hujjatidan mahrum bo‘ldi

25-noy, 13:07·Behruzbek Mustafoyev
#Dunyo

Janubiy Koreyadagi qamoqxonada saqlanayotgan özbekistonlik mahbuslar holidan xabar olindi

23-noy, 11:13·Muhammadqodir Sobirov

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Abu Muslim taxallusi bilan tanilgan bloger Adham Atajanov vafot etdi

19-noy, 14:58·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Erlar gimnaziyasidan yuridik universitetgacha. Bir bino tarixi

20-noy, 17:34·Muhammadqodir Sobirov
#O‘zbekiston

Bo‘ston tumani hokimi fuqarolarni oyog‘iga bahila kiydirib qabul qildi

27-noy, 17:00·Abdurahmon Ergashev
#Siyosat

Bog‘cha opadan agronomgacha. O‘zbekiston xalqining taqdirini kimlar hal qilyapti?

27-noy, 17:17·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar ixcham to‘yni xohlamoqda – Mahallalar uyushmasi. Amalda qanday?

21-noy, 13:19·Javohir Qadamov
#Sport

Sindorov — Gukesh: jahon toji uchun match formati, taqvimi va boshlanish vaqti

23-noy, 17:54·Javohir Qadamov
Yana koʻrsatish