UzAuto Cobalt va Damasni banklar ishtirokisiz boʻlib toʻlashga berishni boshladi

UzAuto Motors kompaniyasi 7-oktabrdan Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini toʻgʻridan-toʻgʻri, banklar ishtirokisiz boʻlib to‘lash sharti bilan sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xarid shartlariga koʻra, boshlangʻich toʻlovni amalga oshirib, qolgan summani har oyda, hech qanday foizlarsiz bo‘lib to‘lash mumkin:
Chevrolet Cobalt uchun boshlangʻich toʻlov 50 foiz miqdorida, boʻlib toʻlash muddati esa 24 oy. Oylik toʻlov 3 252 000 soʻmdan boshlanadi.
Damas uchun boshlangʻich toʻlov 30 foiz, boʻlib toʻlash muddati biroz koʻproq – 30 oy. Oylik toʻlov 2 173 640 soʻmdan boshlanadi.
Koʻrsatilgan hisob-kitoblar va oylik toʻlovlar avtomobillarning boshlangʻich komplektatsiyalari uchun hisoblangan. Toʻlovlar tanlangan komplektatsiyaga qarab farqlanishi mumkin.
Kompaniyaning qayd etishicha, muddatli toʻlovga ajratilgan avtomobillar soni cheklangan. Batafsil maʼlumotlarni (78) 141 77 77 telefon raqami yoki Chevrolet’ning rasmiy dilerlik markazlari orqali olish mumkin.








