Toshkentda yo‘l chetida qurilgan “Marvel” kafesi buzib tashlangani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida S. Azimova ko‘chasida joylashgan “Marvel” kafesi buzib tashlangani yuzasidan shahar MIB xrasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 6 kvadrat metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va unda qurilma barpo etilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2024-yil 3-iyuldagi ijro varaqasi asosida qurilmani buzish belgilangan. Ijro hujjati 2026-yil 16-iyul kuni Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limiga kelib tushib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdorga sud talabini ixtiyoriy bajarish zarurligi tushuntirilgan, biroq talab bajarilmagani sababli majburiy ijro choralari ko‘rilgan.
Natijada, 2026-yil 6-oktabr kuni kafedagi qurilma belgilangan tartibda buzilib, sud hujjati ijrosi ta’minlangan.







