Toshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan sharʼiy nikohdan o‘tib, zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida erkak voyaga yetmagan qiz bilan sharʼiy nikohdan o‘tib, unga zo‘ravonlik qilib kelgani aytilgandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Аniqlanishicha, voyaga yetmagan N.M. 2025-yil 28-avgust kuni Ch.B. bilan sharʼiy nikohdan oʼtib, shu kundan buyon u bilan birga yashab kelgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, Ch.B. N.M. ismli qizga nisbatan zo‘rlik ishlatib jisniy extiyojlarini qondirgan va qizga tan jarohati yetkazgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 5-oktyabr kuni Olmazor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida voyaga yetmagan N.M. va uning ammasi N.N. bilan suhbat oʼtkazilgan.
Hozirda voyaga yetmagan qizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini taʼminlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish boʼyicha zarur choralar koʼrilmoqda. Shuningdek, kelgusida tazyiq va zoʼravonlik holatlarining oldini olish maqsadida N.M.ga himoya orderi rasmiylashtirildi.







