Toshkentda aholi kuchli shamol va chang-to‘zondan ogohlantirildi

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, imkon qadar uyda qolish hamda bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik so‘ralmoqda.
Mutaxassislar fuqarolarni eski va qurigan daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari, reklama konstruksiyalari va qurilish maydonlariga yaqinlashmaslikka, shuningdek, uzilgan elektr simlariga aslo tegmaslikka chaqirmoqda.
Haydovchilarga avtomobillarni daraxtlar, ustunlar hamda reklama shitlari ostida qoldirmaslik va yo‘llarda tezlik me’yorlariga amal qilish, xonadon egalariga esa eshik-derazalarni mahkam yopib, balkonlardagi shamol uchirib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlarni ichkariga olib qo‘yish tavsiya etiladi.
Kuchli shamol oqibatida havo sifati yomonlashgani sababli shifokorlar aholiga ko‘proq suv ichish, tibbiy niqob taqish va ko‘zlarni changdan himoya qilishni maslahat bermoqda. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda 112 yagona tezkor raqamiga yoki 101, 102, 103, 104, 1050 va 1055 qisqa raqamlari orqali tegishli xizmatlarga murojaat qilish mumkin.







