Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Tesla tirbandliklardan uchib o’tadigan elektromobilini namoyish etdi

16-okt, 12:04
15-oktabr kuni Tesla Texasdagi SpaceX sinov maydonida yangi avlod Roadster’ni ko‘rsatdi. Ikki o‘rindiqli elektromobil teskari yurdi, havoda aylandi va yonma-…

15-oktabr kuni Tesla Texasdagi SpaceX sinov maydonida yangi avlod Roadster’ni ko‘rsatdi. Ikki o‘rindiqli elektromobil teskari yurdi, havoda aylandi va yonma-yon turgan mashinalar ustidan qisqa masofaga uchib o‘tdi. Ishlab chiqarish 2028-yilga va’da qilingan.

Tadbir Waco shahri yaqinidagi McGregor sinov maydonida o‘tkazildi va jonli efirda namoyish etildi. Mashina avval egri rampaga chiqib, pastki so‘rish tizimi yordamida teskari holda yurdi. So‘ng rampadan teskari sakrab, havoda aylandi va soplolar yordamida to‘g‘rilanib, yerga qo‘ndi. Yana bir manyovrda u yonma-yon turgan Teslalar ustidan qisqa sakrash bilan o‘tdi. Ilon Mask shundan keyin “ma’lum bo‘ldiki, kelajakda uchadigan mashinalar bor ekan” deb yozdi.

Tesla va SpaceX hamkorligidagi ushbu avtomobil siqilgan havoda ishlaydi, raketa yoqilg‘isida emas. Maskning aytishicha, baklarda taxminan 600 litr, ya’ni 250 kilogramm havo bor va u 10 ta sopla orqali chiqariladi. Orqa to‘rtta tortgich 80 kilonyutondan ortiq kuch beradi, havo esa tovush tezligidan tezroq chiqadi. Alohida soplalar parvoz paytida mashinaning holatini boshqaradi. Pastki ventilyatorlar uni teskari yuzaga yopishtiradi. Baklarni haydash paytida qayta to‘ldirish mumkinligi aytilgan.

Tesla uchta variantni e’lon qildi. Performance ikki o‘rindiqli, yo‘l uchun mo‘ljallangan va tortgichsiz. Unda faol aerodinamika va so‘rish tizimi bor. 0–97 km/soatga 1,6 soniyadan kam vaqt ketishi aytilmoqda. Thrust o’rta variant hisoblanadi. Unga orqa sovuq gaz tortgichlari qo‘shiladi va tezlanish 0,9 soniyadan kam deb ko‘rsatilgan. Tadbirda o‘lchangan vaqt 0,81 soniya bo‘lgan. Rocket bir o‘rindiqli va faqat taklifnoma bilan beriladi. Uning atrofiga o‘rnatilgan tortgichlar oldinga, yuqoriga va yon tomonga aylanishga xizmat qiladi. Kompaniya bu versiya uchun 0,59 soniyadan kam tezlanishni da’vo qilmoqda. Rocket hozircha ommaviy yo‘llarda foydalanishga ruxsat etilmagan.

Maksimal tezlik 230 mil/soatdan oshishi, ya’ni taxminan 370 km/soat deb aytilgan. Yurish masofasi 300 mildan, qariyb 480 kilometrdan ortiq deb ko‘rsatilgan. 2017-yilda va’da qilingan 998 kilometr endi yo‘q. Yakuniy narx e’lon qilinmagan. Performance uchun bron 50 ming dollar: avval 5 ming, 10 kun ichida yana 45 ming. Thrust uchun jami depozit 250 ming dollar. Havoda qancha tura olishi va bir sakrash necha metr ekani aytilmagan.

Roadster’ning yangi avlodi ilk bor 2017-yilda ko‘rsatilgan va ishlab chiqarish 2020-yilga va’da qilingan edi. Muddat bir necha bor surildi. Hozirgi namoyish ham tayyor mahsulot emas, sinov maydonidagi prototipdir.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

Peshlavhalarni tashqi reklama sifatida baholash rasman to‘xtatildi
#Jamiyat

Peshlavhalarni tashqi reklama sifatida baholash rasman to‘xtatildi

16-okt, 12:18
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan qashqadaryolik o‘qituvchi mukofot pulidan kitobxonlikni ommalashtirishda foydalandi
#O‘zbekiston

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan qashqadaryolik o‘qituvchi mukofot pulidan kitobxonlikni ommalashtirishda foydalandi

16-okt, 11:02
Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
#O‘zbekiston

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

16-okt, 10:32
Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda
#Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda

16-okt, 09:58
Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.
#Sport

Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.

15-okt, 17:40
Ozarbayjonda Isroil Prezidentining nutqi chog‘ida delegatsiyalar zalni tark etdi
#Siyosat

Ozarbayjonda Isroil Prezidentining nutqi chog‘ida delegatsiyalar zalni tark etdi

15-okt, 17:39

Kun tanlovi

15-oktabr kuni Tesla Texasdagi SpaceX sinov maydonida yangi avlod Roadster’ni ko‘rsatdi. Ikki o‘rindiqli elektromobil teskari yurdi, havoda aylandi va yonma-…
#Dunyo

Tesla tirbandliklardan uchib o’tadigan elektromobilini namoyish etdi

15-oktabr kuni Tesla Texasdagi SpaceX sinov maydonida yangi avlod Roadster’ni ko‘rsatdi. Ikki o‘rindiqli elektromobil teskari yurdi, havoda aylandi va yonma-yon turgan mashinalar ustidan qisqa masofaga uchib o‘tdi. Ishlab chiqarish 2028-yilga va’da qilingan.

16-okt, 12:04
Peshavar shahrida xususiy maktab tomi qulab, kamida 27 nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. Kasalxona ma’lumotiga ko‘ra, yana kamida 19 kishi…
#Dunyo

“O'g'lim suv ichishga chiqib ketib omon qolgan” - Pokistonda maktab tomi qulashi oqibatida 29 kishi halok bo'ldi

15-okt, 14:51
Istanbulda 14-oktabr kuni kuchli yomg‘ir oqibatida yuz bergan sel paytida Fatih tumanining Balat mahallasida 14 yoshli bola halok bo‘ldi. Valilik ma’lumotiga…
#Dunyo

Istanbulda yuz bergan sel oqibatida 14 yoshli bola halok bo‘ldi

15-okt, 10:53

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Peshlavhalarni tashqi reklama sifatida baholash rasman to‘xtatildi

16-okt, 12:18
#Dunyo

Tesla tirbandliklardan uchib o’tadigan elektromobilini namoyish etdi

16-okt, 12:04
#O‘zbekiston

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan qashqadaryolik o‘qituvchi mukofot pulidan kitobxonlikni ommalashtirishda foydalandi

16-okt, 11:02
#O‘zbekiston

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

16-okt, 10:32
#Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda

16-okt, 09:58
#Sport

Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.

15-okt, 17:40
Yana koʻrsatish