Surxondaryoning bir tumanini o‘zida yo‘l-transport hodisalari soni bir yilda 300 foizga oshib ketdi

Joriy yilning birinchi yarmida viloyatning yetti tumanida avariyalar soni ortgani kuzatilgan bo‘lib, eng yuqori o‘sish sur’ati Bandixon tumanida qayd etildi – bu yerda hodisalar soni 1 tadan 4 taga yetdi.
Xavfli hududlarda YTHlarni kamaytirish maqsadida “qizil hudud”ga tushgan tumanlarda infratuzilmani yaxshilash choralari ko‘riladi. Uzun va Angor tumanlaridagi bir qancha maktablar oldida balandligi 7 santimetr bo‘lgan ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joylari, himoya to‘siqlari hamda tugmali svetoforlar o‘rnatiladi, ayrim ko‘priklar esa mukammal ta’mirdan chiqariladi.
Bundan tashqari, Boysun, Angor, Sherobod va Termiz shahri kabi hududlar yo‘llarida tezlikni avtomatik ushlaydigan hamda qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 25 ta yangi kameralar o‘rnatiladi. Termiz shahridagi asosiy ko‘chalar kesishmasidagi svetoforlar esa yagona raqamli boshqaruv tizimiga biriktiriladi.







