Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda

16-okt, 09:58
O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi taksi agregatorlari xizmatlari narxi va ular faoliyatida insofsiz …

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi taksi agregatorlari xizmatlari narxi va ular faoliyatida insofsiz raqobat alomatlari bor-yo‘qligini o‘rganishni boshladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda yirik taksi xizmatlarida kuzatilgan “texnik nosozliklar” fonida raqobatchi xizmatlarda tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi narxi bir necha baravar oshgan. Bu jamoatchilikning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

O‘rganish davomida qo‘mita narxlarning oshirilishi qanchalik asosli ekani va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilayotganiga e’tibor qaratadi.

Agregatorlarga yo‘l haqini belgilash algoritmlarini qayta ko‘rib chiqib, narxlarning keskin va sun’iy oshirilishining oldini olish tavsiya qilindi.

Shuningdek, kompaniyalar quyidagi choralarni ko‘rishi kerak:

haydovchilar ishlab topgan mablag‘larini hisoblariga o‘tkazishda yuzaga berayotgan nosozliklarni bartaraf etish;

asossiz ravishda bloklangan haydovchilarni blokdan chiqarish;

bajarilgan buyurtmalar uchun belgilangan barcha bonuslarni qayta hisoblab, to‘lash;

kompaniyalar manfaatini ko‘zlab ish yurituvchi shaxslar tomonidan ham insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik;

haydovchilar va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi texnik yordam markazlarining kecha-yu kunduz uzluksiz ishlashini ta’minlash.

“Raqobat muhitidagi har qanday harakat iste’molchilar manfaatlariga zid bo‘lmasligi, xizmatlar narxi va sifati esa adolatli hamda shaffof tamoyillarga asoslanishi lozim”, — deya ta’kidlagan qo‘mita.

Qo‘mita taksi xizmatlarida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish talablari buzilganini aniqlansa, tekshiruv o‘tkazilishi va qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
#O‘zbekiston

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

16-okt, 10:32
Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.
#Sport

Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.

15-okt, 17:40
Ozarbayjonda Isroil Prezidentining nutqi chog‘ida delegatsiyalar zalni tark etdi
#Siyosat

Ozarbayjonda Isroil Prezidentining nutqi chog‘ida delegatsiyalar zalni tark etdi

15-okt, 17:39
Interpoldagi qidiruv ro‘yxatidan “Anorbank” aksiyadori Qahramonjon Olimovning nomi olib tashlandi
#O‘zbekiston

Interpoldagi qidiruv ro‘yxatidan “Anorbank” aksiyadori Qahramonjon Olimovning nomi olib tashlandi

15-okt, 17:06
Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumaniga hokim bo‘ldi
#Siyosat

Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumaniga hokim bo‘ldi

15-okt, 16:47
Toshkentning Chilonzor, Yashnobod va Yangihayot tumanlariga yangi hokim tasdiqlandi
#Siyosat

Toshkentning Chilonzor, Yashnobod va Yangihayot tumanlariga yangi hokim tasdiqlandi

15-okt, 15:54

Kun tanlovi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda
#Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda

16-okt, 09:58
Nikoh yoshi va tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi: voyaga yetmagan bilan nikoh munosabatiga kirishish uchun 6,6 mln so‘mgacha, uni nikoh yoshiga y…
#Jamiyat

O‘zbekistonda erta nikoh va “ZAKS”dan o‘tmasdan diniy nikoh o‘qitganlik uchun jarimalar oshirildi

15-okt, 14:43
O‘zbekiston juda noyob Turkman uzunquloq ko‘rshapalagi aniqlandi
#Jamiyat

O‘zbekiston juda noyob Turkman uzunquloq ko‘rshapalagi aniqlandi

15-okt, 14:14

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

16-okt, 10:32
#Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi taksi servislarining narx siyosatini o‘rganmoqda

16-okt, 09:58
#Sport

Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.

15-okt, 17:40
#Siyosat

Ozarbayjonda Isroil Prezidentining nutqi chog‘ida delegatsiyalar zalni tark etdi

15-okt, 17:39
#O‘zbekiston

Interpoldagi qidiruv ro‘yxatidan “Anorbank” aksiyadori Qahramonjon Olimovning nomi olib tashlandi

15-okt, 17:06
#Siyosat

Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumaniga hokim bo‘ldi

15-okt, 16:47
Yana koʻrsatish