Buxoro markaziy dehqon bozorining faoliyati yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol buzilgani sababli to‘xtatildi

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bozor hududida xavfsizlik me’yorlariga amal qilinmagani aniqlangan.
Vazirlik vakillari tomonidan bozor ma’muriyatiga mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berilgan. Xavfsizlik talablari bo‘yicha ko‘rsatilgan barcha nuqsonlar rahbariyat tomonidan to‘liq bartaraf etilmaguniga qadar savdo obyektida ish jarayoni tiklanmaydi.
Rasmiy axborotda kamchiliklarni bartaraf etish ishlari qancha vaqt olishi va bozorning aynan qaysi sanadan qayta ochilishiga aniqlik kiritilmagan.







