Qozoğistonda qariyb 100 ming fuqaro bankrot deb topildi

Qozoğistonda 98,6 ming fuqaro bankrot deb topildi. Jami 374 mlrd tenge qarz hisobdan çiqarildi. Yana 23 mingdan ortiq qozoğistonlik bankrotlik jarayonidan ötmoqda.
Qozoğistonda katta miqdordagi qarzini tölay olmayotgan fuqarolar bankrot deb e’lon qiliş orqali moliyaviy muammolarini hal qilişi mumkin. Buning uçun ikki xil jarayon mavjud:
• suddan taşqari bankrotlik — qarzdorning qarzi 1 600 oylik hisob-kitob körsatkiçidan oşmasa va uning mol-mulki bölmasa;
• sud orqali bankrotlik — qarz miqdori 1 600 OHKdan oşsa yoki qarzdorning mol-mulki (avtomobil, uy-joy va boşqalar) bölsa.
Davlat daromadlari qömitasi ma’lum qilişiça, uşbu ikki jarayon doirasida qariyb 98,6 ming qozoğistonlik bankrot deb topilgan. Hisobdan çiqarilgan qarzlarning umumiy miqdori 373 mlrd tengeni taşkil etgan.
Şuningdek, hozir yana 23 195 fuqaroga nisbatan bankrotlik jarayoni olib borilmoqda. Ularning jami qarzi 134,5 mlrd tengega teng.
Bankrotlikning har bir turi öz oqibatlariga ega. Bu qarzlarni oddiy tartibda hisobdan çiqariş degani emas. Fuqaro bankrot deb topilganidan keyin unga quyidagi çeklovlar qöllanadi:
• beş yil davomida yangi bank kreditlari va mikrokreditlar oliş taqiqlanadi;
• bankrotlik jarayonidan qayta ötiş uçun yetti yil kutiş kerak;
• uç yil davomida davlat fuqaroning moliyaviy ahvolini kuzatib boradi.
Bankrotlik jarayonida ayrim qarzlar hisobdan çiqarilmaydi va ularni baribir mustaqil ravişda tölaşga töğri keladi. Masalan, bu alimentlarga taalluqli.
Moliyaviy muammolarni bir yöla hal qiliş uçun bankrot deb e’lon qiliş-qilmaslikni har bir fuqaro özi hal qiladi. Biroq şundan keyin uzoq yillar davomida belgilangan çeklovlarga amal qilişga töğri keladi.
Shuningdek, barqaror daromadi bölgan va qarzlarini bosqiçma-bosqiç tölay oladigan qozoğistonliklar uçun tölov qobiliyatini tiklaş imkoniyati ham bor. Bunda sud qarzlarni hisobdan çiqariş örniga, ularni beş yilgaça bölgan muddatda tölaş böyiça şaxsiy rejani tasdiqlaşi mumkin. Bu holatda çeklovlar qöllanmaydi.
Ma’lumot uçun, Qozoğiston Milliy statistika byurosining eng sönggi ma’lumotiga köra, 2026-yil 1-oktyabr holatida mamlakat aholisi 20 633 529 nafarni taşkil etgan. Şundan 13,25 millioni şaharlarda, 7,38 millioni qişloqlarda yaşaydi. 98,6 ming bankrot deb topilgan fuqaro Qozoğiston aholisining taxminan 0,48 foizini taşkil etadi — ya’ni har 1000 kişidan qariyb 5 nafari.
- #Qozoğiston
- #bankrot









