Narko savdoda gumonlangan özbekistonlik Turkiyada qölga olindi

Özbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro Turkiyaning Mersin şahrida qölga olindi. Mersin politsiyasi uning yaşaş manzilini topib, uşbu şaxs Turkiyada issiqxonalarda işlab yurganini aniqlagan.
Turkiya Içki işlar vazirligi xabariga köra, fuqaro Özbekiston sud-huquq organlari tomonidan giyohvand moddalar savdosida gumonlanib, Interpolning qizil bildirişnomasi asosida xalqaro qidiruvga berilgan.
Gumonlanuvçini aniqlaş va uşlaş böyiça tadbirlar Mersin boş prokuraturasi muvofiqlaştiruvida olib borilgan.
Mahalliy naşrlar yozişiça, politsiya uning Mersinda qişloq xöjaligi işlarida mehnat qilib, issiqxonalar yaqinidagi uyda yaşayotganini aniqlagan. Kuzatuv va suriştiruv işlari ortidan fuqaro şu manzilda qölga olingan.
Operatsiyani taşkil etişda Turkiya politsiyasining Interpol–Europol boşqarmasi, Giyohvandlik jinoyatlariga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Milliy razvedka taşkiloti — MİT hamkorlik qilgan. Gumonlanuvçini bevosita Mersin politsiyasi xodimlari uşlagan.
Ma’lumotlarga köra, fuqaro politsiyadagi protsessual harakatlardan söng sudga olib borilgan. Biroq sud qanday qaror çiqargani yoki uni Özbekistonga topşiriş jarayoni boşlangan-boşlanmagani haqida uşbu manbalarda ma’lumot berilmagan.
Avvalroq, Turkiyada firibgarlikda gumonlanayotgan özbekistonlik ayol qölga olingani haqida xabar bergan edik.
- #Özbekiston
- #Narko savdo









