Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, hodisa joriy yilning 28-sentyabr kuni yuz bergan.
Rişton tumanida yaşovçi 2012-yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz mehmonxonada şafqatsiz jinoyat nişoniga aylangan. Mazkur holat yuzasidan ertasi kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi (Ön olti yoşga tolmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida gumonlanuvçi şaxs darhol uşlanib, unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirgi kunda tegişli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov jarayonlari jadal davom ettirilmoqda.
Jabrlangan voyaga yetmagan qizning ruhiy holatini tiklaş va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida unga malakali psixologik hamda yuridik yordam biriktirildi. Mazkur mudhiş voqea va jabrlanuvçining keyingi taqdiri Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari tomonidan alohida nazoratga olingan.
- #Qöqon
- #pedofil
- #voyaga yetmagan







