Endi uluşli qurilişda noqonuniy jalb qilingan pul aholiga foizlari bilan qaytarilişi mumkin

Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida qurişni tartibga soluvçi qonun loyihasi Senat körigiga yuborildi. Loyihaga köra, fuqarolarning uluşli qurilişga kiritgan mablağlari quruvçi qölida emas, bankda oçilgan eskrou hisobvarağida saqlanadi va obyekt foydalanişga topşirilgandan keyingina quruvçiga ötkaziladi.
Qonun talablariga zid ravişda fuqarolar mablağlarini jalb qilgan quruvçidan uluşdor pulini qaytarib olişni va undan foydalanilganligi uçun foiz tölanişini talab qiliş huquqiga ega böladi. Ya’ni qonunbuzar quruvçi nafaqat pulni, balki foydalanilgan davr uçun qöşimça tölovni ham qaytarişga majbur böladi.
Loyihada quruvçining kimligini aniq çegara bilan belgilaşga alohida e’tibor qaratilgan: aholi mablağlarini jalb qiliş huquqi faqat qonunda belgilangan talablarga javob beradigan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan şartnoma tuzgan va loyiha deklaratsiyasini e’lon qilgan quruvçida böladi. Ulguşli iştirok etiş şartnomasi esa notarial tartibda tasdiqlanadi va davlat röyxatidan ötkaziladi — bu bir obyektni ikki marta sotiş va noqonuniy şartnomalar tuzişning oldini oladi.
Loyihada qurilişning töxtab qolmasligi uçun ham mexanizmlar nazarda tutilgan. Zarur hollarda vakolatli bank yoki quruvçi almaştiriladi, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini ta’minlaşga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratiladi. Quriliş yarmida töxtab qolişi — bugunga qadar uluşdorlar duç kelayotgan eng katta muammolardan biri bölgani uçun aynan şu qoida xalq pulining asosiy kafolati hisoblanadi.
Şuningdek, uluşli qurilişga oid barça ma’lumotlar Yagona axborot tizimiga joylaştiriladi. Bu orqali fuqarolar quruvçi kimligi, qurilayotgan obyekt va loyihaning qanday amalga oşirilayotgani haqidagi ma’lumotlarni oçiq va oson taniş imkoniga ega böladi — ya’ni pul kiritişdan oldin quruvçini tekşirib köriş mumkin böladi.
- #uluş
- #qonun loyihasi









