Orol dengizini qutqariş uçun 3,3 milliard dollar ajratildi

Uşbu loyihalar suv resurslarini raqamlaştiriş, inşootlarni modernizatsiya qiliş hamda aholini toza içimlik suvi bilan ta’minlaş yönalişlarini qamrab oladi.
Loyihalarni moliyalaştiriş uçun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Yaşil iqlim jamğarmasi kabi nufuzli xalqaro moliya taşkilotlarining 3,3 milliard dollarlik mablağlari jalb qilinişi közda tutilgan.
Şuningdek, qurğoqçilik va toşqinlarni barvaqt prognoz qiluvçi yagona mintaqaviy raqamli platforma yaratiladi.
Jarayonlarni ilmiy jihatdan qöllab-quvvatlaş uçun Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti asosiy baza etib belgilandi. OTMda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilib, Amudaryo va Sirdaryo havzalari böyiça yagona ma’lumotlar bazasi şakllantiriladi.
Qolaversa, Markaziy Osiyo va Afğoniston uçun suv xöjaligi böyiça mutaxassislar tayyorlaydigan qöşma ta’lim dasturlari yölga qöyiladi.
Yangi strategiya doirasida Afğoniston bilan suv resurslari böyiça hamkorlikni mustahkamlaş va mintaqaviy suv diplomatiyasini yangi bosqiçga olib çiqiş belgilangan. Barça rejalaştirilgan işlarni oylar kesimida amalga oşiriş uçun maxsus “yöl xaritasi” tasdiqlanib, loyihalarga xorijdagi vatandoş olimlar hamda yetakçi xalqaro ekspertlar jalb etiladi.
- #suv resurslari
- #orol dengizi
- #qutqariş








