Rossiyadan haydalişga sabab böladigan qoidabuzarliklar soni ikki baravarga köpaydi: özbekistonliklar uçun ogohlantiriş berildi

Yangi tartibga köra, endilikda nafaqat migratsiya tartibini buziş, balki jamoat joylarida mayda bezorilik qiliş, politsiya xodimlarining talablariga böysunmaslik hamda ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlarda qatnaşiş ham mamlakatdan çiqarib yuborişga sabab bölişi mumkin.
Şuningdek, ekstremistik materiallarni tarqatiş, favqulodda holat rejimiga amal qilmaslik va nomaqbul taşkilotlar faoliyatida qatnaşganlik uçun ham deportatsiya çorasi qöllaniladi. Uşbu qoidalar patent yoki vaqtinça yaşaş ruxsatnomasi bor-yöqligidan qat’i nazar, barça çet elliklarga taalluqlidir.
Biroq, barça ma’muriy huquqbuzarliklar ham avtomatik ravişda deportatsiyaga olib kelmaydi. Ayrim yengilroq holatlarda sud organlari şaxsning oilaviy ahvoli, Rossiyada qança vaqtdan beri yaşayotgani hamda doimiy iş joyiga ega ekanini hisobga olgan holda majburiy çiqarib yuboriş örniga jadallaştirilgan jarimalar yoki ma’muriy qamoq qöllaşi mumkin. Masalan, mehnat faoliyati va böliş tartibini buzganlik uçun jarimalar miqdori ham oşirilib, 4 mingdan 7 ming rublgaça yetkazildi.
Rossiyada migratsiya talablarining kuçaytirilişi ortidan xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qiliş çoralariga e’tibor oşirildi. Qiyin ahvolga tuşgan fuqarolar uçun "Onlayn mahalla" platformasi orqali murojaat qiliş imkoniyati yaratildi va zarur hollarda uşbu muammolarga mamlakat elçilari şaxsan aralaşadi. Şu bilan birga, fuqarolarning faqat bir davlatga boğlanib qolmasligi uçun Yevropa hamda Şimoliy Amerika mamlakatlarida yuqori daromadli iş örinlarini topiş va taşkillaştirilgan migratsiya yönalişlarini kengaytiriş işlari olib borilmoqda.
- #qoidabuzarliklar
- #deportatsiya
- #Rossiya









