Toşkentda buyurtma asosida odam öğirlaşga uringan ikki erkak uşlandi

Toşkentda buyurtma asosida odam öğirlamoqçi bölgan ikki erkakni qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, fuqarolardan biri IIV Tezkor qidiruv departamentiga murojaat qilib, noma’lum şaxslar uni maşinada olib qoçmoqçi bölganini aytgan. U qarşilik körsatib, qoçib qolgan.
Ötkazilgan tadbirda uşbu ikki nafar jinoiy şeriklar qölga olindi. Ular 2003 hamda 1998-yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan şaxslar ekani ma’lum böldi. Ularga tegişli bölgan transport vositasi közdan keçirilganda, yukxona qismidan bir dona ötkir tiğli bolta borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Suriştiruv davomida jinoiy şeriklar ularga nisbatan bölgan ayblovlarni tan olgan. Odam olib qoçmoqçi bölgan bu ikki şaxsning telefon apparati tekşirilganda, Telegram messengerda ularni yollagan buyurtmaçi bilan özaro yozişmalar aniqlandi. Ma’lum bölişiça, arizaçini har qanday yöl bilan bölsa ham buyurtmaçiga olib boriş kerakligi böyiça topşiriq olişgan.
Undan taşqari xuddi şunday yana bir fuqaroni ham majburlab olib keliş kerakligi, agar öxşamasa, uning böyin qismiga elektroşoker bilan urib uxlatib bölsa ham yetkaziş töğrisida yozişmalar aniqlandi. Yollanma jinoiy şeriklar ikkinçi öğirlab ketmoqçi bölgan fuqaroni işxonasi oldida tört soatga yaqin kutişgan va u xizmat safariga ketganini bilgaç rejani boşqa kunga surgan. Mazkur holat yuzasidan odam olib qoçmoqçi bölgan jinoiy şeriklarga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi ikkinçi qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
- #odam öğirlaş
- #Toşkent







